“Oʻzbek mahsulotlarini dunyo bozoriga sifatli olib chiqishga hissa qoʻshamiz”

Uchrashuvda bugungi kuchli raqobat sharoitida yuqori texnologiyalar asosida toʻliq ishlab chiqarish zanjirini yaratish, jahon bozoriga tayyor mahsulotlar yetkazib berish, ishonchli xorijiy sherik va hamkorlar topish kabi muhim mavzularda oʻzaro fikr almashildi. Ayni jarayonda erishilayotgan natijalar sarhisob etilib, muammolar yuzasidan mutasaddilarning javoblari olindi. Yutuqlar koʻlamini kengaytirishda oʻzaro hamjihatlikda ishlash muhimligi taʼkidlandi.
' 2024-yili viloyatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan, ' deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Alibek Tursunov. ' Shu maqsadda meva-sabzavotlarni sanoat usulida qayta ishlash, qadoqlangan holda eksportga yoʻnaltirish, yangi bozorlar topish, sifat nazorati, transport-logistika xizmatlari faoliyatini jahon andozalariga muvofiqlashtirish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Bugungi muloqotda ham turli yoʻnalishlarda taqdimotlar oʻtkazilib, tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi. Bu borada tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar tushuntirildi. Eng muhimi, eksport ' yurt shaʼni va gʻururi ekanligi, ushbu yoʻnalishda har bir tadbirkor doimiy izlanishda boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Tadbirda viloyatda ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar koʻrgazmasi ham uyushtirildi.
Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi
Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats
Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o