calendar 06 Feb 17:19
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Oljas Bektenov Qozog‘istonning yangi Bosh vaziri bo‘ldi

image

Oljas Bektenov Qozog‘iston Bosh vaziri lavozimiga tayinlandi. Tegishli farmonni davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbarining farmoni bilan Oljas Abayevich Bektenov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlandi, u ilgari ishlab kelgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.

Uning nomzodini “Amanat” partiyasi taklif qilgan. Prezident parlamentdagi boshqa fraksiyalar bilan maslahatlashganidan so‘ng partiya tanlovini ma’qulladi.

Bektenov bu tayinlovga qadar Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bo‘lgan. U bu lavozimni 2023 yilning aprel oyida egallagan edi. Bungacha u deyarli bir yil Korrupsiyaga qarshi kurash xizmatini boshqargan. U bu lavozimga ikki marta – 2022 yilning fevral va noyabr oylarida tayinlangan. 

Ma’lumot uchun, Oljas Bektenov 1980 yilda Olmaota shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Qozog‘iston davlat yuridik akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002 yilda Olmaota shahar adliya boshqarmasida boshlagan. Keyinchalik Bosh vazir devoni, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati, Adliya vazirligi va moliya politsiyasida ishlagan. Ostona shahri va Oqmola viloyati hokimliklarida ham ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 fevral kuni Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqqan edi. 2022 yilning yanvaridan beri Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan Alixon Smailov hukumat iste’foga chiqqanidan so‘ng Qozog‘iston xalqiga murojaat qilib, o‘z faoliyati natijalarini sarhisob qildi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
23
0
qalampir.uz

Peskov Zelenskiyga suiqasd uyushtirish haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Xavfsizlik xizmatining Prezident Vladimir Zelenskiyga suiqasdni oldini olgani haqidagi xabari haqida gapirar ekan, bu ma’lumotlarini haqiqat deb qabul qilish qiyinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 may kuni mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi. “Men umuman izoh berolmayman. Umuman olganda, siz tushunganingizdek, SBUdan kelayotgan ma’lumotni haqiqat deb qabul qilish qiyin, shuning uchun men hech narsa deya olmayman ", deydi u. E

11 Apr 20:33
 
69
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Telegramda shaxsni tekshirish uchun noodatiy funksiya joriy etiladi

Telegram foydalanuvchilari kaftini oddiy skanerlash orqali oʻz shaxsini tasdiqlashi mumkin boʻladi.Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida 'TON Sociyety' dasturda ishtirok etishni istagan foydalanuvchilar uchun mukofot sifatida 1 mln. 'Toncoin' (taxminan 6,5 mln. AQSH dollar) taqdim etadi.Loyihaning maqsadi ' kelgusi 5-yil ichida 500 mln. Telegram foydalanuvchisini xavfsiz raqamli identifikator bilan taʼminlash. Ushbu texnologiya 'airdrops' yoki tranzaksiya tahlili kabi identifikatsiyani teksh

11 Apr 13:56
 
35
0
qalampir.uz

Agar Tehron hujum qilsa, Isroil Eronga zarba berishi aytildi

Eron tomoni hujum qilsa, Isroil Eronga zarba beradi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘ida Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntini belgilagan holda ibroniy va fors tillarida post qoldirdi. "Agar Eron bizga o‘z hududidan hujum qilsa, biz javob beramiz va Eronga hujum qilamiz", deb yozgan u. Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob