calendar 06 Feb 17:19
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Britaniya armiyasi uchun yangi jangovar mashina ishlab chiqilmoqda

image

Babcock International Group va Supacat kompaniyalari Britaniya armiyasi uchun Jackal 3 jangovar avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Army Recognition” portali ma’lum qildi.

Babcock International Group Bosh direktori Devid Lokvudning aytishicha, Jackal 3 mashinalari Buyuk Britaniyada xavfsizlikni saqlashga yordam beradi.

"Global noaniqlik davrida, Jackal 3’ning Britaniya armiyasiga topshirilishi mamnuniyat bilan qabul qilinishi kerak", deydi u.

Supacat Bosh direktori Nik Eyms esa yangi jangovar avtomobil 25 yillik xususiy va 45 yillik korporativ rivojlanish natijasidir.

“Guruhimiz ularni qisqa muddatda yetkazib berish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Mudofaa vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qildi. Biz Britaniya harbiylarini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashda davom etamiz. Uskunalarni ishlab chiqarishni 2024 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan”, deydi Bosh direktor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va Fransiya 12 yildan beri ishlab chiqilayotgan kemaga qarshi yangi raketani 2030 yilgacha foydalanishga topshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
71
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk

18 Jun 21:56
 
192
0
xs.uz

Isroilning “keng va qabih maqsadlari” bor — Turkiya prezidenti

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Tel-Avivning harakatlarini qoralab, Isroil ' Eron mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.'Juma kunidan beri shaxsan men ham, tashqi ishlar vazirimiz ham Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga barham berish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni faol davom ettirmoqdamiz', ' deydi Erdogʻan.Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish bahonasida amalga oshirgan tajovuzi yanada kengroq va qabih maqsadlarn

31 May 08:50
 
111
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su