calendar 06 Feb 14:10
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rasman: Masharipov “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi (video)

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Salom, Istiqlol klubi muxlislari. Tez kunda ko‘rishamiz”, deydi Masharipov Eron klubi bilan e’lon qilgan video.

“Istiqlol” klubi navbatdagi o‘yinini “Hazfi cup” turniri doirasida “Mes Rafsanjan” klubiga qarshi o‘tkazadi. 30 yoshli Masharipov mazkur uchrashuvda debyut qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov faoliyati davomida Toshkentning “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublarida to‘p tepgan. Xorij klublaridan “Shabab Al-Ahli”, “Al-Nasr” va “Panserraikos” jamoalari sharafini himoya qilgan. Hozirda “Transfermarkt”ga ko‘ra qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

13 May 14:39
 
131
0
xs.uz

Filippinlik sobiq senator WBC yarim-yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi

Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao 19-iyul kuni Las-Vegasda Mario Barriosga qarshi jang oʻtkazadi. ESPN xabariga koʻra, bu bahsda WBC yarimengil vazn toifasi chempionlik kamari oʻynaladi. Bu Pakyaoning deyarli toʻrt yillik tanaffusdan keyingi ilk professional jangidir.VBK prezidenti Maurisio Sulayman 2-may kuni ayni rejani tasdiqlab: 'Bu katta jang boʻladi, hozirda Mario Barrios Menni Pakyaoga qarshi maydonga chiqadi', deya bayonot bergan edi.46 yoshli Pakyao soʻnggi marta 2019-yil

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri