calendar 06 Feb 09:31
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil elchisi Rossiya TIVga chaqirtirildi

image

Bugun, 5 fevral kuni Isroilning Moskvadagi elchisi Simona Galperin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Isroil elchisining Rossiya tashqi siyosatidagi yondashuvlari va tarixiy voqelikni buzib ko‘rsatuvchi nomaqbul bayonotlari munosabati bilan Galperin Tashqi ishlar vazirligiga chaqiriladi”, deyilgan Smolenskaya maydonida jurnalistlarga.

Bundan tashqari, Galperinning ba’zi bayonotlari ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan diplomatik missiyaning o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlanishi ekani ta’kidlandi.

Qayd etish joizki, yanvar oyida Isroil elchisi sifatida ish boshlagan Simona Galperin “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya rahbariyatining HAMAS bilan aloqalarini keskin tanqid qilgan. 

"Moskvada HAMAS a’zolarini kutib olishadi, quchoqlashadi va ularning oldiga gilam yoyishadi. Biz buni tushunolmaymiz. Rossiyada ular garovga olinganlarni ozod qilish uchun bu muzokaralar olib borilayotganini aytishadi. Lekin tez orada odamlarning garovda qolayotgani va qo‘yib yuborilmayotganiga to‘rt oy bo‘ladi", degan elchi.

Galperinning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujumidan so‘ng Rossiya o‘zining Yaqin Sharq siyosati bilan “isroilliklarga, jumladan, rus tilida so‘zlashuvchilarga hamdardligini yo‘qotmoqda”. 

“O‘zi terror xurujlaridan jabr ko‘rgan Rossiya Isroilning terrorizmga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlamaydi, aksincha, Isroilni genotsidda ayblab, Xalqaro sudga bema’ni da’vo arizasi bilan chiqqan Janubiy Afrika Respublikasi bilan hamjihatlikda”, deya qo‘shimcha qilgan diplomat.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni HAMASning Xalqaro aloqalar byurosi rahbari Muso Abu Marzuk boshchiligidagi delegatsiyasi Moskvada Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgandi. Tomonlar falastinliklar qirg‘iniga chek qo‘yish uchun G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish yo‘llari muhokama qildi. Bogdanov HAMAS tomonidan asirga olingan tinch aholi, jumladan, uch nafar Rossiya fuqarosini tezroq ozod qilishni so‘radi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-