calendar 06 Feb 05:01
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qashqadaryoda sifatli urugʻlik chigit tayyorlashga eʼtibor qaratilmoqda

image
Joriy yilda 133 ming 200 gektar maydonda gʻoʻza parvarishlab, yuqori hosil olishni maqsad qilgan qashqadaryolik mirishkorlar ham mavsum tadorigini sara urugʻlik tayyorlashdan boshlashgan.

' Viloyatda bu yilgi mavsum uchun 5873 tonnadan oshiq urugʻlik chigit gʻamlangan, ' deydi 'Oʻzagroinspeksiya'ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi shoʻba boshligʻi Habibullo Esanov. ' Asosan, gʻoʻzaning hudud iqlim sharoitiga mos, ertapishar 'Buxorо-102', 'Porloq-4', 'Buxorо-10', 'Ravnaq-2' hamda 'S-8290' navlari ekilishi moʻljallangan. Ayni paytda ushbu navlardagi urugʻlik chigitlarni saralash, tuksizlantirish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi dorilash ishlari amalga oshirilmoqda. Inspeksiyamiz xodimlari tomonidan viloyatdagi barcha urugʻlik chigit tayyorlash sexlaridagi ish jarayonlari kuzatilib, urugʻlikka belgilangan talablar asosida ishlov berilishi nazoratga olingan.

Albatta, bu boradagi tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi joriy yilda viloyat mirishkorlari tomonidan paxtadan yuqori hosil olinishiga zamin yaratadi.

Jahongir BOYMURODOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:49
 
16
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

10 Oct 08:25
 
18
0
xs.uz

Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” va “Labo” toʻqnashuvida ikki kishi halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi 'Mercedes-Benz' avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi 'Labo' bilan toʻqnashgan.YTH оqibatida 'Labo' ichida boʻlgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan

09 Oct 12:39
 
24
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

03 Sep 21:35
 
27
0
xs.uz

Nogironlikni belgilash osonlashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 1-sentyabridan nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'maʼlum qildi.Qonunchilikka koʻra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning yangicha tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib orqali bir qator qulaylikl