calendar 05 Feb 14:48
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Prezidentning maktabgacha ta’limdan ko‘ngli to‘lmayapti

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bog‘chalardan, ayniqsa, ulardagi qamrov darajasidan ko‘ngli to‘lmayapti. Bu haqda u bugun, 5 fevral kuni o‘tkazilayotgan 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirdi. 

Davlat rahbari maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdi.
  
Qayd etilishicha, islohotlar natijasida maktabgacha ta’limda qamrov 74 foizga yetdi. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshiriladi.

Lekin ba’zi chekka qishloqlarda bog‘cha hali yo‘qligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bog‘cha yetarli bo‘lishiga qaramay, qamrovi o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

Xususiy bog‘chalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bog‘chalarida bu jarayon hali boshlanmagan. 

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘chalarda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Yig‘ilishda har yili bog‘cha tarbiyachilarining o‘rtacha bor-yo‘g‘i 9 foizi malaka oshirayotganiga e’tiroz bildirildi.

Bundan tashqari, 12 mingta oilaviy bog‘chada davlat ta’lim standartidagi o‘quv-metodik materiallar yetarli emas.

Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘cha mudiraligiga nomzodlarni saralash, ularni lavozimga tayinlash tizimini ishlab chiqish; barcha bog‘chalarda ovqat, davomat, badal puli kabi barcha jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish; 250 ta davlat bog‘chasida ta’lim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish topshirildi.

Bog‘chalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
22
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrifi kechiktirilgan Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro'y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.O'zbekiston Yaponiya tomonining 'Markaziy Osiyo + Yaponiya' birinchi sammitini o'tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarin

26 Aug 12:29
 
13
0
xs.uz

Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.Qayd etilganda, 'F.S.', 'A.I.', 'A.V.' va 'A.l.' MCHJla

03 Sep 21:35
 
11
0
xs.uz

Nogironlikni belgilash osonlashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 1-sentyabridan nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'maʼlum qildi.Qonunchilikka koʻra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning yangicha tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib orqali bir qator qulaylikl

29 Jul 17:02
 
135
0
qalampir.uz

Dollar kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,45 so‘mga tushdi va 12 574,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 49,00 so‘mga pastlab, 13 626,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 2,26 so‘mga arzonlab, 145,52 so‘mni tashkil etdi.