calendar 05 Feb 12:07
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiya Misrga dronlar yetkazib bermoqchi. Mursiyning o‘limi unutildi

image

Turkiya ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish doirasida Misrga uchuvchisiz havo vositalari yetkazib beradi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan “A Haber” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Bizning ikki tomonlama munosabatlarimiz quyidagi sabablarga ko‘ra muhim: bu mintaqaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim, savdo nuqtai nazaridan esa nihoyatda muhim. Aloqalarni normallashtirish Misr uchun qandaydir yordam va texnologiya olishi uchun muhim ahamiyatga ega. Turkiya bilan dron va boshqa texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha ham kelishuvimiz bor. Afrikadagi hamkorligimiz ham muhim, ayniqsa Liviyada”, deydi u. 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Misrga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu Turkiya rahbarining 2013 yil iyulida Misr Prezidenti Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin mamlakatga ilk safari bo‘ladi. 

Anqara va Qohira o‘rtasidagi munosabatlar 2013 yilda Turkiya yaqin munosabatlarga ega bo‘lgan Mursiy hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin yomonlashgan. Shundan so‘ng har ikki davlat o‘z elchilarini chaqirib oldi. 2021 yil mart oyida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Misr bilan diplomatik darajada aloqalar tiklanishini e’lon qildi. 2022 yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining ochilish marosimida Misr va Turkiya Prezidentlari o‘rtasida qisqa muddatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng munosabatlarda sezilarli iliqlik kuzatildi. 2023 yil fevral oyi oxirida Misr Tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri Turkiya janubidagi zilziladan jabr ko‘rgan Adana shahriga bordi. 

2023 yil 4 iyulda mamlakatlar Anqara va Qohiraga elchilarni tayinlash orqali diplomatik munosabatlarni to‘liq tikladilar. 

Turkiya va Misr munosabatlaridagi taranglik

Muhammad Mursiy mamlakatning demokratik yo‘l bilan saylangan ilk Prezidenti sanalib, u islom dunyosida ham martabali yo‘lboshchilardan biri edi. Mursiyning hokimiyatdan kuch tizimlari sabab ag‘darilishi mamlakat aholisi orasida katta norozilikni keltirib chiqargan. Prezident lavozimini Mursiydan keyin Mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan Abdul-Fattoh Halil As-Sisi egalladi. 

Misrda ro‘y bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng, tinch aholi vakillari namoyishga chiqdi. Ular dunyo hamjamiyatining e’tiborini Misrga qaratish uchun namoyishlar timsoli sifatida  qo‘lning to‘rt barmoqli ko‘rinishini tanladilar.  Bu esa namoyishlarda, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarda ommalashtirildi.

Misrda sobiq Prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari namoyishi Robiya Al-Adaviya maydonida o‘tkazilgan. Robiya esa arab tilida “to‘rtinchi” degan ma’noni anglatadi. Mursiy esa mamlakatni boshqargan to‘rtinchi Prezident edi. Shu bois namoyishchilar bosh barmoqlarini bukib, qolganlarini ko‘targan holatda aksiya o‘tkazdilar. Internetda, xususan Twitter’da #R4BIA xeshteglari paydo bo‘ldi. Birgina Instagram’da esa ushbu heshteg bilan 100 minglab xabar qoldirilgan.

Robiya Al-Adaviya VIII asrda Yaqin sharqda, hozirgi Iroq va Suriya hududlarida yashagan bo‘lib, u oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. Robiya tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri edi. Robiya bolaligini qullikda o‘tkazadi va qochoqlikdan so‘ng ozod bo‘ladi. U Misrda ozodlik timsoli sifatida tarixda qolgan va tasavvufda Robiya Adaviya yo‘nalishiga asos solgan.

O‘sha vaqtlarda Mursiyni qo‘llab-quvvatlab to‘rt barmoqli ishoradan foydalanganlar orasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham bo‘lgan. U keyinroq Mursiy o‘z ajali bilan o‘lmagani, aksincha, o‘ldirilganini aytib chiqdi.

“Mursiy o‘z o‘limi bilan o‘lmagan, uni o‘ldirishgan. Misrning demokratik saylangan prezidenti sud zalida 20 daqiqa yotgan va unga hech kim yordam ko‘rsatmagan”, degan edi Erdo‘g‘an. 

2019 yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 74-majlisida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zlab, Misr arab Respublikasining sobiq Prezidenti Muhammad Mursiyning dafn marosimiga uning qarindoshlari kiritilmaganini qattiq qoralib chiqdi

“Misrning saylov yo‘li bilan tanlangan Prezidenti Muhammad Mursiy sud zalida qiynalib vafot etishi va dafn marosimiga, hatto, oilasining qatnashishiga izn berilmagani – ichimizda qonagan bir yaradir”, degan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

09 Oct 12:40
 
20
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

10 Oct 16:59
 
22
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik