calendar 05 Feb 11:28
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dang‘aradagi "zapravka"da chiqqan janjal o‘lim bilan tugadi

image

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi gaz “zapravka”da sodir bo‘lgan janjal oqibatida 23 yashar yigit vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 fevral kuni Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan.

Shu paytda bezorilikni oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga (2001 yilda tug‘ilgan) ham faol qarshilik ko‘rsatilgan. Birozdan so‘ng ushbu shaxs xushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.  

Olib borilgan tergovoldi tekshirish harakatlari davomida Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular protsessual tartibda ushlangan.  

Marhumning o‘limi yuzasidan Dang‘ara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

“Tergov va tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deydi Shamsutdinov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

31 Jan 15:20
 
19
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

27 Jan 00:53
 
18
0
xs.uz

Endi oʻqituvchilar ovoz yigʻib yurishmaydi(mi?)

'Tashabbusli byudjet' jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalas