calendar 04 Feb 17:43
eye 80
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda “Qishda qushlarga koʻmak” aksiyasi oʻtkazildi

image
'Ekologiya vazirligi tomonidan har yili qishning sovuq kunlarida hayvonlarni, jumladan, qushlarni sovuqdan asrash, bioxilma-xillikni saqlab qolish maqsadida respublikamizdagi barcha muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda biotexnik tadbirlar oʻtkaziladi. Bu yil ham muhofaza hududlaridagi qushlar, hayvonlar koʻp toʻplanadigan joylarga yem, don, xashak kabi ozuqa vositalari qoʻyib chiqildi, ' dedi Ekologiya vazirligining bioxilma-xillik siyosati boʻlimi boshligʻi Abdurashid Sadikov. 'Bugungi aksiyamiz ham biotexnik tadbirlarning davomi hisoblanadi. Maqsadimiz nafaqat qushlarni asrab qolish, balki, kelajak avlodda, yoshlarda qushlarga, hayvonlarga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻusini, ularni saqlab qolishga daxldorlik hissini shakllantirishdir'.

Aksiya davomida ishtirokchilar bogʻdagi daraxtlarga qush inlarini oʻrnatib, unga ozuqalarni qoʻyib chiqishdi. Shuningdek, bogʻning turli hududlariga ham ozuqalar tarqatildi.



'Bu aksiya nafaqat Toshkent, balki, respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazildi. Jami 1500 ga yaqin yosh ekofaollar ishtirok etdi, ' dedi Ekologiya vazirligi Volontyorlar va ekofaollar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Zarrina Abdullayeva. ' Koʻngillar, ekofaollar tomonidan qushlar koʻp toʻplanadigan joylarga ozuqa mahsulotlari qoʻyib chiqildi. Nafaqat qushlar, balki, barcha tirik jonzotlarni asrab qolishga qaratilgan tadbirlarimiz keyingi yillarda ham davom ettiramiz'.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda yurtimizda jami 487 turdagi qushlar mavjud. Bulardan 52 turdagi qushlar Qizil kitobga kiritilgan, yaʼni noyob qushlar hisoblanadi. Uchrash xususiyatiga koʻra, qushlarning 86 turi oʻtroq, 122 turi uyalovchi, uchib oʻtuvchi, 63 turi faqat uchib oʻtuvchi, 80 turi uchib oʻtuvchi, qishlovchi, 16 turi qishlovchi, 54 turi uyalovchi, uchib oʻtuvchi va qishlovchi, 55 turi tasodifan uchib keluvchi (kamdan-kam holda uchrovchi) qushlar hisoblanadi. Umumlashtirib aytganda, yurtimizda uchrovchi qushlarning 320 turi migratsiyada ishtirok etadi.

Xalqaro qushlarni oziqlantirish kunining tarixi 1890'1891-yillarga borib taqaladi. Oʻsha yillari Yevropadan qish juda sovuq keladi, Sena va Temza daryolari muzlaydi. Angliya nashrlarida esa odamlardan qushlarni boqib olish, parvarishlash soʻralgan eʼlonlar chop etiladi. Bora-bora Angliyada har yili qish faslida qushlarni oziqlantirish odat tusiga kiradi. Koʻp oʻtmay qushlarni boqish butun dunyoda anʼanaga aylanadi. 1984-yilda Xalqaro qushlarni oziqlantirish oyligi boʻlib oʻtadi va 1994-yilda 3-fevral Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni deb eʼlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido

08 Jun 02:26
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir

08 Jun 02:26
 
143
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Tomdilik abituriyentlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi

Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetida tomdilik yoshlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. 30 nafarga yaqin abituriyent jalb qilinib, ularga matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya, huquq, ona tili kabi fanlardan universitetning professor-oʻqituvchilari tayyorlov kurslarini oʻtishmoqda.' Bundan koʻzlangan asosiy maqsad oli