calendar 04 Feb 15:42
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Birlashgan Arab Amirliklarida Xalqaro insoniy birodarlik kuni nishonlanmoqda

image
' Bu 2019-yil 4-fevralda Abu Dabida Birlashgan Arab Amrliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari va Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vazir, Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Hazrati Oliylari huzurida Bosh imom, Al-Azhar Shayxi doktor Ahmad At-Tayyib hamda Katolik cherkovi papasi Papa Fransisk oʻrtasida Butundunyo tinchlik va hamjihatlikda yashashi uchun 'Insoniy birodarlik' hujjati imzolangan kunga toʻgʻri keladi, ' deb yozilgan BAAning Oʻzbekistondagi elchisi Said Matar AlgʻKemziy maqolasida. ' Imzolangan ushbu hujjat dunyoda insonlar oʻrtasida tinchlikka daʼvat etuvchi qoʻshma deklaratsiyani ifodalab ikki buyuk din arboblari oʻrtasidagi birodarlik doʻstligi natijasida dinlar oʻrtasidagi muloqot va hamkorlik madaniyatini rivojlantirish uchun moʻljallangan. Shuningdek, biz barchamiz bir insoniyat oilasining aʼzolari ekanligimizni eʼtirof etgan holda, kelajak avlodlar orasida oʻzaro hurmat madaniyatini rivojlantirishda yoʻriqnoma boʻlishi koʻzda tutilgan.

Hujjatda xotin-qizlarning bilim olish, mehnat qilish va siyosiy huquqlarini amalga oshirish haqqini eʼtirof etish dolzarb zarurat ekani, shuningdek, ularning eʼtiqodi va qadriyatlari tamoyillariga zid boʻlgan tarixiy va ijtimoiy tazyiqlardan xalos etish uchun harakat qilish zarurligi taʼkidlangan. Bolalarning esa, oilada tarbiyalanish, yeb-ichish, taʼlim olish va ularga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha asosiy huquqlari, oila va jamiyat oldidagi burch ekanligi hamda ularni ehtiyojlari taʼminlanishi, himoya qilinishi, hech bir bola hech qanday joyda ulardan mahrum etilmasligi lozimligi taʼkidlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn Qirolligi, Misr Arab Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi taqdim etgan tashabbusi doirasida 4-fevralni 'Xalqaro insoniy birodarlik kuni' deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Rezolyutsiyada barcha din va eʼtiqodga mansub kishilarning insoniyatga qoʻshgan qimmatli hissasi, bagʻrikenglikni targʻib qilish va din yoki eʼtiqodga asoslangan kamsitishlarga barham berishda taʼlimning roli alohida taʼkidlangan hamda dinlararo, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan barcha xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy tashabbus va diniy yetakchilarning saʼy-harakatlari yuksak baholangan'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi

31 Jan 15:22
 
17
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

27 Jan 00:54
 
18
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk