Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Shimoliy Osetiya Respublikasida Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasida tog‘li hududda Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti rejalashtirilgan o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Samolyot kimsasiz hududga qulagan. Yer yuzida hech qanday halokat yo‘q. Ekipaj halok bo‘ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bildirilishicha, samolyot halokatining dastlabki sababi texnik nosozlikdir.
"Rossiya Aerokosmik kuchlari komissiyasi aviahalokat sodir bo‘lgan joyga uchib ketdi", deb ta’kidladi vazirlik.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida ikki nafar uchuvchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyun kuni ertalab Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Shimoliy Osetiya hududi uzra Ukraina uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirgandi.