calendar 03 Feb 13:37
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

2023 yilda eng ko‘p daromad olgan qo‘shiqchi ma’lum qilindi

image

"The Sunday Times" nashri 2023 yilda  eng ko‘p pul topgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ajablanarlisi, yil davomida tur-konsertlari bilan dunyoning yarimini kezib chiqqan Teylor Svift  ushbu ro‘yxatdan joy olmadi.  Uning o‘rniga ko‘p sinovlarga qaramasdan,  parallel ravishda biznes yuritishga muvaffaq bo‘lgan xonanda  Dua Lipa yetakchi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning birgina Radical22 kompaniyasidan olgan daromadi 87 million dollarni tashkil qilgan. Bu asosan qo‘shiqchining otasi Jugajinning xizmati bo‘lib, u xonandaning aktivlarini boshqargan va ikki yil ichida qo‘shiqchining pullarini 3 baravarga ko‘paytirgan.

Qayd etilishicha, Dua Lipaning otasi juda ishbilarmon bo‘lib,  xonanda o‘z biznesini unga ishonib topshirgan. Ayni paytda Jugajin qizining menejeri ham hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Dua Lipa 40 yoshida milliarder xonimga aylanishi mumkin.

Javohir Yo‘ldashov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
382
0
xs.uz

Botqoq oʻrnida qad rostlagan gʻaroyib bino

Mir Arab olamga dongʻi ketgan madrasalardan. Men ushbu ilm maskanida tahsil olishga musharraf boʻlganman. U Masjidi Kalonning roʻparasida. Yonida mashhur Minorai Kalon bor. Salobatli madrasa darvozasi nihoyatda goʻzal tarzda turli naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Ularda koʻk rang ustuvor. Atrofidan dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlar arimaydi.Shu madrasani qurdirgan Sayyid Abdulloh Yamaniy qabri madrasaga kirishda chap qoʻl tarafda. Bu yerdagi maxsus xilxonada yana bir nec

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

Uvol qilingan meros yoxud Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi

Samarqand viloyatida XIX ' XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani maʼlum boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatida XIX ' XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlangani oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 milliard soʻmlik zarar yetkazilga

24 Mar 13:25
 
84
0
xs.uz

“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”

Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz