calendar 03 Feb 11:55
eye 92
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xalqaro Sud qaroridan so‘ng ham G‘azodagi vaziyat yaxshilanmadi – BMT  

image

So‘nggi kunlarda G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yaxshilangani yo‘q. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) rasmiy vakili Yens Larke ma’lum qildi. 

OCHA vakilidan Xalqaro Sudning Isroil G‘azoda genotsidning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi kerakligi haqidagi qaroridan so‘ng gumanitar vaziyatda yaxshilanish kuzatilgani yoki yo‘qligi so‘raldi.

"Biz G‘azodagi vaziyat haqida har kuni mustaqil ravishda hisobot beramiz. Agar so‘nggi bir-ikki hafta davomidagi vaziyat haqidagi kundalik hisobotga qarasak, men G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yaxshilanganini ko‘rmadim", deb javob berdi Larke.

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni Xalqaro sud Isroil G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak degan qarorga kelgandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Xalqaro sudning bu qarorini rad etdi va o‘z hukumati a’zolaridan sud qaroriga izoh bermaslikni so‘radi. Biroq Isroil Milliy xavfsizlik va Mudofaa vazirlari Xalqaro sudni "antisemitizm"da aybladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
42
0
xs.uz

Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan

13 May 14:38
 
142
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'

01 Jul 04:28
 
17
0
xs.uz

Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkentda ushlandi

Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkent shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda 'Politsia.kz''xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jambil viloyati politsiya boshqarmasining topshirigʻi asosida va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida, Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Taraz shahrida yashovchi 22 yoshli yigit qoʻlga olingan. Maʼlum boʻlishicha, u 2022-yil oxirida tanishining ishonchiga kirib, jami 24 million tenge (taxminan 612 million soʻm)dan z

01 Jul 04:28
 
16
0
xs.uz

“Vaqti keldi” — Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda AQSH senatori va cheklovlarni kuchaytirish tashabbusi muallifi Lindsi Grem xabar berdi.Gremning hozirda 84 qonun chiqaruvchi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qonun loyihasi Ukrainani qoʻllab-quvvatlamaydigan va Rossiyadan tabiiy resurslarni sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik tarif joriy etishni nazarda tutadi. 'The Washington Post' gazeta