Bugun har bir deputat bilimini, vakillik organlaridagi ish tajribasini oshirishini zamonning oʻzi taqozo etmoqda — Sharapat Otemisov

Unda 2023-yil davomida xalq deputatlari Navoiy viloyati mahalliy Kengashlari deputatlari faoliyatida erishilgan yutuqlar, ochiqlik va shaffoflik yoʻlidagi amaliy ishlar, amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar boʻyicha bergan takliflari hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari, partiya guruhlari va kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.
' 2023-yilning oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12 ta yalpi majlisida viloyat Kengashi deputatlarining viloyat studiyasidan ishtirok etishdi, ' deydi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Jamoliddin Hamroyev. ' Ushbu yalpi majlislarda koʻrib chiqilgan 92 ta qonun va turli darajadagi hujjatlar hamda Oliy Majlis Senati qoʻmitalari tomonidan mahalliy Kengashlarga kiritilgan 90 tadan ortiq Qonun loyihalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida tegishli masʼullar ishtirokida muhokamalar qilinib, belgilangan tartibda taklif va fikr-mulohazalar taqdim etildi.
Shuningdek, 2023-yil davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining 21 ta sessiyasi mahalliy televideniye hamda ijtimoiy tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilib, unda 135 ta turli mazmundagi masalalar deputatlar tomonidan koʻrib chiqildi.
Ushbu koʻrib chiqilgan masalalar dastlab, Kengash doimiy komissiyalarining sessiyaoldi majlislarida muhokama qilinib, tegishli soha masʼullarining axborot va hisobotlari tinglanib, taklif hamda mulohazalari inobatga olindi.
Taqdimot uchrashuvida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishib, oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.
' Oʻzaro tajriba almashish mamlakatimizdagi mahalliy Kengashlarida faoliyat olib borayotgan deputatlar Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda xalqning chinakam 'ovoziga' aylanishi, mahalliy Kengashlarning esa haqiqiy nazorat organi sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining toʻliq hayotga tatbiq etilishida ijro organlari ishining samaradorligini yanada yuksaltirishga imkoniyat yaratadi, ' deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi Sharapat Otemisov. ' Zero, maqsad va belgilangan marralar mushtarak ekan, bugun har bir deputat oʻzining bilimini, vakillik organlaridagi faoliyat ishlash tajribasini oshirishni zamonning oʻzi taqozo etmoqda.
Amaliy uchrashuvlar dasturi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari, mahallalar va sanoat korxonalarida boʻlishib, mahalliy Kengashlarning haqiqiy nazorat organi boʻlishiga erishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini yoʻlga qoʻyish borasida xalq deputatlari Navoiy viloyati mahalliy Kengashlari deputatlarining tajribalari bilan tanishishdi.
Temur ESHBOYEV, 'Xalq soʻzi'.
Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda hududda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi.'Kecha yarmarkada koʻrdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham koʻp. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez oʻzlas
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu
Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi — Hukumat qarori
'Avtomobil transportida yo'lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida' gi Hukumat qarori (200-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi.Qarorga ko'ra, yuridik shaxslarga tegishli yo'nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:' yo'lovchilarni olish va tushirish maqsadida 'To'xtash taqiqlangan' yo'l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to'xtash;' aeroportlar, temir yo'l vokzallari, avtovokzallar, ustav fo