calendar 04 Apr 16:19
eye 41
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi — Hukumat qarori

image
'Avtomobil transportida yo'lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida' gi Hukumat qarori (200-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, yuridik shaxslarga tegishli yo'nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:

' yo'lovchilarni olish va tushirish maqsadida 'To'xtash taqiqlangan' yo'l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to'xtash;

' aeroportlar, temir yo'l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to'xtash joylariga yo'lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;

' yo'nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo'lagi bo'ylab harakatlanish.

Bundan tashqari, 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o'zini o'zi band qilgan shaxslar tomonidan yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Bunda o'zini o'zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida undiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

20 Mar 12:54
 
35
0
xs.uz

Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi

Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant

20 Mar 12:54
 
25
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:54
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin