calendar 02 Feb 17:45
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronaldusiz o‘tgan o‘yinda Messi jamoasi tor-mor keltirildi

image

Kecha, 1 fevral kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” hamda Amerikaning “Inter Mayami” klublari o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash keldi. Ar-Riyoddagi “Kingdom Arena”da bo‘lib o‘tgan bahs 6:0 hisobida Saudiya klubi foydasiga hal bo‘ldi.

Dastlabki daqiqalardan ustunlikni o‘z qo‘liga olgan riyodliklar 15-daqiqaga keliboq, raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu jamoadoshlari safida gollarga Otavio. Lyaport, Maran va Taliska mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi uchrashuvda xet-trik qayd etib, jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdii. “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va o‘yinning 83-daqiqasida maydonga tushdi.

Qayd etish joiz, mazkur bahsni portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu jarohati bois o‘tkazib yubordi. “Al-Nasr” 38 yoshli futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamadi va uni qaydnomaga kiritmadi.

Shunday qilib, MLS klubi Saudiyadagi turnesida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bundan oldin Messi jamoadoshlari “Al-Hilol”ga 4:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
47
0
postda.uz

TURNIR XODIMLARNI YANADA JIPSLASHTIRDI

Musobaqaning keyingi bosqichiga poytaxtimizdagi «Jar» stadioni mezbonlik qildi. Nihoyatda qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan hal qiluvchi ushbu bosqichda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlik­ni ta’minlash departamenti jamoasi zafar quchdi. Jamoa chorak finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jamoasini 2:1, yarim finalda Namangan viloyati IIB jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Nihoyat, so‘nggi o‘yinda vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti vakillari kichik

11 Apr 13:58
 
44
0
qalampir.uz

MYU bugungidek o‘ynasa, “Arsenal” g‘alaba qozonadi – Yurgen Klopp

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premer ligasi 32-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdan so‘ng jurnalistlar savoliga javob berdi. “Agar biz o‘sha paytda ham chempionlik kurashida bo‘lsak, 11 may kuni MYUni qo‘llab-quvvatlayman. “Arsenal” juda ajoyib jamoa, MYU “Liverpul” bilan bahsdagidek o‘ynasa, “Arsenal” g‘alaba qozonadi, bunga 100 foiz ishonchim komil”, deydi Klopp.

11 Apr 13:58
 
34
0
qalampir.uz

“Real”ga qarshi o‘yinda “Man Siti” darvozasini kim qo‘riqlaydi?

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ”Real Madrid”ga qarshi bahsda darvozada kim turishi haqida jurnalistlar savoliga javob berdi. “Men bu haqda o‘ylashim kerak, chunki Ederson jarohatdan qaytdi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo Shtefan ham ajoyib posbon, juda yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda”, deydi ispaniyalik mutaxasis. Qayd etish joiz, “shaharliklar” 

11 Apr 13:58
 
46
0
qalampir.uz

Pore keyingi jangini Maxachevga qarshi o‘tkazadi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Dastin Porening keyingi raqibi 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifada amaldagi UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev bo‘ladi. Bu haqda Porening o‘zi X sahifasida ma’lum qildi. “Keyingi raqibim Islom Maxachev. Cho‘qqiga chiqish vaqti keldi”, deb yozdi Dastin. Qayd etish joiz, Dastin Pore so‘nggi bor 2021 yil dekabr oyida UFC 269 musobaqasida yengil vazn toifasida tashkilot chempionligi uchun jang qilgan. O