Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Dastin Porening keyingi raqibi 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifada amaldagi UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev bo‘ladi. Bu haqda Porening o‘zi X sahifasida ma’lum qildi.
“Keyingi raqibim Islom Maxachev. Cho‘qqiga chiqish vaqti keldi”, deb yozdi Dastin.
Qayd etish joiz, Dastin Pore so‘nggi bor 2021 yil dekabr oyida UFC 269 musobaqasida yengil vazn toifasida tashkilot chempionligi uchun jang qilgan. O‘shanda uning raqibi Charlz Oliveyra bo‘lib, braziliyalik jangchi 3-raundda Poreni bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.
Islom Maxachev so‘nggi jangida avstraliyalik va o‘sha paytdagi yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi revansh jangida chempionlik kamarini himoya qildi. Maxachev birinchi raunddayoq Aleksni nokautga uchratdi.