calendar 02 Feb 14:51
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda bolalarning toshloq yo‘l va qiyalikdan maktabga qatnayotgani aytildi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bolalarning maktabga toshli, qiyalik yo‘ldan qatnayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, "Karsh" mahallasi Sariosiyo tumani markazidan qariyb 70 kilometr uzoqlikda, tog‘li hududda joylashgan. 91 ta xonadonda 487 nafar fuqaro yashaydi. Mahalladagi 80 o‘rinli maktab 2018 yilda qurilgan va hozirda barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, 2022-2023 yillar davomida mahallaga transport borishi uchun 11 kilometr masmofada tog‘li hudud orqali yangi yo‘l ochilgan. Mahallaning 5 kilometr ichki yo‘llari toshlanib, ta’mirlangan. Videodagi ichki yo‘lda noqonuniy qurilmalar sababli ta’mirlash ishlari bajarilmay qolib ketgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyat hokimining ko‘rsatmasi bilan «Karsh» mahallasidagi maktabga boruvchi ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Yo‘ldagi qor erigach, ta’mirlash ishlari boshlanadi.

"Holat viloyat hokimi tomonidan tashvishli qabul qilindi va muammoni darhol o‘rganib, yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi.

Shu o‘rinda Surxondaryoning olis, tog‘li hududidagi yo‘l muammosini olib chiqib, bolalar ta’limiga e’tiborsiz bo‘lmagan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", deyiladi hokimiyat izohida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
43
0
qalampir.uz

Metroda ayol kishiga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan metropolitenning Chilonzor yo‘nalishida elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayol kishiga shilqimlik qilgan yigit jazolandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Voqea 01 aprel kuni soat 14:10 larda sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan A.N.  o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning belidan past qismini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan. Kecha, 8 aprel kuni jinoyat ish

10 May 19:24
 
23
0
qalampir.uz

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant sobiq sevgilisining qizini zo‘rlashda ayblandi

Rossiyaning  Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘zining sobiq sevgilisining 22 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda. Bu haqda bugun, 10 may kuni “Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi. Nashrning yozishicha, voqea joriy yilning 2 may kuni sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi sobiq sevgilisining uyiga ruxsatsiz kirib kelgan. Xuddi shu paytda sevgilisining qizi uyda yolg‘iz uxlayotgan bo‘lgan. Vaziyatdan foydalangan erkak qizning q

11 May 11:02
 
23
0
qalampir.uz

Rasmiy Toshkent O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingida orqaga ketishiga munosabat bildirdi

Joriy yilning may oyi boshida “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston matbuot erkinligi bo‘yicha 2024 yilgi yangi reytingda 180 ta davlat ichida 148-o‘rinni egalladi. Bu O‘zbekiston 2023 yilgi reytingdagi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlaganini anglatadi. Bugungacha rasmiy Toshkent reytingda O‘zbekistonning o‘rni pastlashiga munosabat bildirmay kelayotgandi. O‘zbekiston Respublikasi

11 Apr 14:01
 
29
0
xs.uz

Mehnat migrantlariga yordam koʻrsatuvchi Call-markaz tashkil etiladi

2024-yil 1-sentyabrgacha:' mehnat migrantlariga yordam koʻrsatish uchun tun-u kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi;' chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qoʻngʻiroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.2025-yil 1-iyulgacha quyidagilar yaratiladi:' Oʻzbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo va toʻliq integratsiya qilingan elektron maʼlumot