calendar 02 Feb 11:56
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Eron nishonlariga zarba berish rejasini tasdiqladi

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya va Iroqdagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi. Bu qaror Amerika bazasiga uyushtirilgan hujumda uch nafar harbiyning halok bo‘lishiga javoban qabul qilingan. Bu haqda rasmiylarga tayanib, CBS News telekanali xabar berdi

Aytilishicha, zarba berish vaqtini tanlashda AQSH harbiylari ob-havo sharoiti va ko‘rish darajasiga e’tibor qaratadi. Rasmiylarning fikriga ko‘ra, bu tinch aholining tasodifiy o‘limining oldini oladi.

"Biz mintaqada mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlashda davom etamiz, ammo biz Qo‘shma Shtatlar, manfaatlarimiz va xalqimizni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz", deydi AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Qayd etilishicha, bir kun avval “Kataib Hizbulloh” yarim harbiylashgan guruhi amerikalik harbiylarga qarshi operatsiya to‘xtatilganini e’lon qilgan. O‘sha paytdan boshlab, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH harbiy bazalariga yangi hujumlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Suriya-Iordaniya chegarasi yaiinidagi AQSH harbiy bazasiga qilingan dron hujumi oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan edi. Hujum uchun javobgarlikni Iroq qarshiligi deb atalgan guruh o‘z zimmasiga oldi. AQSH esa o‘z askarlarining o‘limida Eronni aybladi. Prezident Bayden bunga o‘zi mos deb hisoblagan vaqtda va darajada javob qaytarishga va’da berdi. Tehron esa hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Jo Bayden qarshi javob choralarini ishlab chiqishni buyurgani, ehtimoliy takliflar qatorida Iroq va Suriyadagi Eron harbiy xizmatchilariga hujum ham ko‘rib chiqilayotganini yozdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
194
0
xs.uz

Isroilning “keng va qabih maqsadlari” bor — Turkiya prezidenti

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Tel-Avivning harakatlarini qoralab, Isroil ' Eron mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.'Juma kunidan beri shaxsan men ham, tashqi ishlar vazirimiz ham Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga barham berish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni faol davom ettirmoqdamiz', ' deydi Erdogʻan.Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish bahonasida amalga oshirgan tajovuzi yanada kengroq va qabih maqsadlarn

04 Jun 02:45
 
130
0
xs.uz

AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan

31 May 08:50
 
41
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk

18 Jun 21:56
 
198
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi tayinlandi

U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh boshqarmasi boshligʻi, elchi Ahmet Jemil Mirogʻluga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.Rasmiylar 21html5-dom-document-internal-entity1-minus-end22-iyun kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qilishgan.Ahmet Jemil Mirogʻlu, oʻz navbatida, yangi elchiga Istanbuldagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi bilan toʻgʻr