calendar 01 Feb 21:41
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi

image
Joriy yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimot xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida Imom Buxoriy va boshqa alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini keng targʻib etish, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlovchi maʼrifatdan bahramand qilish maqsadida tashkil etildi.



Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻlinmasi masʼul xodimi Jasur Najmiddinov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Jaloliddin Hamroqulov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻofurov, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori oʻrinbosari Firdavs Halimov, hamkor tashkilotlar va ilmiy doiralar vakillari hamda Markaz ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Taqdimotda Markaz tomonidan 2023-yil davomida nashrga tayyorlangan Imom Buxoriyning 'At-Tarixus sagʻir', Abu Jaʼfar Muhammad ibn Abu Xotim Varroq Buxoriyning 'Shamoili Buxoriy', Abu Azabaning 'Ar-Ravzatul bahiyya fiyma baynal ashoʼira val moturidiyya', Imom Dorimiyning 'Sunani Dorimiy', Alouddin Kosoniyning 'Kosoniy aqidasi', Sayyid Abdulmojid Gʻavriyning 'Hadis ilmi istilohlari ensiklopediyasi' asarlari, shuningdek, 'Islom dinida tinchlik' va 'Gʻuluvning xatarlari' nomli risolalar taqdim etildi.



Taqdimotning ochilishida soʻzga chiqqanlar Imom Buxoriy va alloma ajdodlarimiz merosini oʻrganishning ahamiyati, taqdim etilayotgan kitoblarning bugungi kundagi ilmiy qiymati, mutafakkirlar asarlarini tadqiq etishning hozirgi holati va istiqboldagi vazifalari, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil toʻxtaldi.

Oʻtgan davr davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 'Jaholatga qarshi ' maʼrifat' gʻoyasi asosida jami 1400 ga yaqin maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.



Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan hamkorlikda diniy mazmundagi 442 ta material tahlil qilindi va 124 ta videorolik shaklida raddiya tayyorlanib, shundan 114 tasi YouTubeʻga joylandi. 'Hadis maʼrifati' ruknida 65 ta videodars, 'Buxoriyga ehtirom' rukni ostida 40 ta videoinfografika, 'Nodir yozma manbalar' rukni ostida 11 ta videolavha tayyorlandi.

2017-2023-yillar mobaynida ajdodlarimiz ilmiy merosiga oid 22 nomdagi noyob manbalar tarjimasi (shundan 9 tasi 2023-yilda) amalga oshirildi.



'Allomalarimiz haqida 10 haqiqat' turkumidagi koʻrgazmali vositalar yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida, 20 mingdan ortiq muassasa va tashkilotga, shuningdek, nashr etilgan yangi asarlar jahon ilmiy hamjamiyatini buyuk ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi, Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) va boshqa turdosh xalqaro hamkor tashkilotlarga yetkazildi.

Tadbirda Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi Bosh kotibi, Doktor Muhammad Nazir Ayyad hamda Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori, professor Mahmud Erol Qilich video shaklida tabrik yoʻlladi. Taqdim etilayotgan yangi nashrlarga Markaz ilmiy faoliyatining yorqin natijasi sifatida yuksak baho berib, Markaz hamda barcha hamkor muassasalarni, butun oʻzbek xalqini ushbu muhim voqea bilan muborakbod etdi. Xodimlar olib borayotgan tadqiqot va tarjimalar alloma ajdodlarimiz merosini tiklashga, zamondoshlarimizni ular qoldirgan boy maʼnaviy xazinadan koʻproq, toʻliqroq bahramand etishga va pirovardida islom imlarini yanada taraqqiy toptirishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.



Marosimning asosiy maʼruzachilari buyuk ajdodlarimizning islom ilmlari sohasidagi ilmiy merosi ayni kungacha dunyo musulmonlari hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelayotganini, xususan, yurtimizdan chiqqan allomalarining islom ilmlari rivojiga munosib hissa qoʻshganini alohida eʼtirof etdilar.

Darhaqiqat, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitob va risolalar islomning asl qadriyat va tamoyillarini hamda insonparvarlik gʻoyalarini tarannum etishda, zamonlar osha yuksak qadr-qiymatga ega boʻlib borayotgan asarlarning tub mohiyatini ochib berishda muhim dasturulamaldir.



Taqdimot ishtirokchilari markaz xodimlari mehnatining mazkur samaralarini yirik ilmiy natija sifatida baholab, nashrga tayyorlangan yangi kitoblarning xalqimiz maʼrifatini yanada oshirish hamda allomalarimiz qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy meros mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdagi ahamiyati, xususan, islomning asl qadriyatlarini keng targʻib qilishdagi oʻrni yuzasidan ijobiy fikr-mulohazalarini bayon qildi.

Oʻzbek tilida taqdim qilingan mazkur asarlar mutafakkirlarimiz ilmiy qarashlari maʼnosini yanada yaxshiroq anglashga, ular taʼlimotini chuqurroq tushunishga asos boʻlib xizmat qiladi.











Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Jun 09:16
 
23
0
qalampir.uz

Toshkentda BYD, Spark va L9 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, ertalab soat 09:00 da poytaxtning Uchtepa tumani Shirin-Lutfiy ko‘chalari chorrahasida quyidagi mashinalar ishtirokida YTH yuzaga kelgan: 1989 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvida bo‘lgan Lixiang L9; 1999 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan BYD; 1968 yilda tug‘ilgan A.Sh

26 Jul 10:20
 
8
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M

23 Jul 10:46
 
24
0
xs.uz

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi

Maʼlum qilinishicha, 7-iyul kuni oʻtkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij taʼlim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq eʼlon qildi. Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali koʻrish mumkin: presidential-schools-pre-selection-results-July-2024Shuningdek, 'portal.piima.uz' saytining 'Qabul 2024' boʻlimi 'Natijalar' oynasidan 'Prezident maktabi natijalari' boʻlimida ID raqamni kiritish orqali ham natijalarni b

27 Jun 16:15
 
30
0
qalampir.uz

Tamaki va alkogol savdosiga yangi talablar joriy etiladi

Har yili butun dunyo bo‘ylab 5 trillionga yaqin sigareta mahsulotlari, 42,3 million gektolitr sof spirt iste’mol qilinadi. Bu esa ushbu mahsulotlar bozorining ancha kengligi va butun dunyo iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Shu sababdan ham tamaki va alkogol mahsulotlarini qalbakilashtirish, noqonuniy savdoga chiqarish, mamlakat hududiga yashirincha olib kirish holatlari ko‘p uchraydi. Xususan, noqonuniy alkogolli ichimliklarning hajmi umumiy miqdorning 25,8 foizini t