calendar 27 Jun 16:15
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tamaki va alkogol savdosiga yangi talablar joriy etiladi

image

Har yili butun dunyo bo‘ylab 5 trillionga yaqin sigareta mahsulotlari, 42,3 million gektolitr sof spirt iste’mol qilinadi. Bu esa ushbu mahsulotlar bozorining ancha kengligi va butun dunyo iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Shu sababdan ham tamaki va alkogol mahsulotlarini qalbakilashtirish, noqonuniy savdoga chiqarish, mamlakat hududiga yashirincha olib kirish holatlari ko‘p uchraydi. Xususan, noqonuniy alkogolli ichimliklarning hajmi umumiy miqdorning 25,8 foizini tashkil qiladi. O‘zbekistonda ham kunora bojxona organlarining falon quti noqonuniy tamaki ushlab qolindi, faloncha alkogol mahsulotlari aniqlandi, kabi xabarlariga ko‘zimiz tushadi. Shu sababli ham iyun oyidan boshlab O‘zbekistonda ushbu mahsulotlarni sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.  

Xususan, 30 may kuni “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda tadbirkorlar uchun markirovkani o‘qish qurilmalaridan majburiy foydalanish talab etilmoqda. 

“Litsenziya talablariga rioya qilmaslik huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan markirovkalardan foydalanmaslik holatlari litsenziya talablarini buzganlik sifatida baholanadi va ularning litsenziyalarini bekor qilish choralari qo‘llaniladi”, deydi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov.

Shuningdek, ba’zi tadbirkorlik sub’ektlariga 2027 yilga qadar turli imtiyozlar berildi. 

“Ushbu qarorning beshinchi bandida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur bo‘lgan va import qilinadigan uskunalar 2024 yil 1 iyundan 2027 yil 1 iyunga qadar bojxona bojidan ozod etildi. Mazkur imtiyozlardan barcha tadbirkorlik sub’ektlari mazkur muddat davomida foydalanishi mumkin”, deydi bojxona vakili.

Bundan tashqari, joriy 2024 yilning 3 iyun kuni “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida” Prezident farmoni imzolandi. Undagi o‘zgarishlarga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan tamaki mahsulotlarining tranziti uchun qo‘yiladigan talablar ro‘yxati yangilandi. 

“Ushbu farmonning 9-bandi bilan 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tamaki mahsulotlarining tranziti uchun quyidagi talablar joriy etilishi belgilandi. Ya’ni tamaki mahsulotlari tranzit tashilayotganda tovar ishlab chiqarilgan mamlakatning sertifikati mavjud bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, uni yetkazib berish shartlari shartnomasi yoki bitimi agar tovarlar bir nechta qismga ajratilib tranzit tarzda tashlayotgan taqdirda uni olib o‘tish jadvali mavjud bo‘lishi kerak. Yuk olib o‘tuvchi tomonidan tegishli bojxona to‘lovlarining summasi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqib ketilganligi tasdiqlanganidan keyin summalar qaytariladi”, deydi bojxona xodimi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, iste’mol va texnik etil spirti, Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tugatiladi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

“Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha inspeksiyaning tashkil etilganligi muqaddam ikkita organda tarqoq bo‘lgan vazifalarni yagona davlat organiga birlashtirish va ushbu vazifani davlat nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish asosiy vazifa hisoblanadi”, deydi Ochilov.

Shuningdek, departament mutaxassisi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan litsenziya talablari buzilgan taqdirda qanday jazo qo‘llanilishiga ham oydinlik kiritdi. 

“O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartiblari to‘g‘risida”gi 71-sonli qonuni bor. Unga ko‘ra, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish, alkogol, tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi, ishlab chiqarish yoki etil spirtini ishlab chiqarish faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-sonli qaroriga ko‘ra, “Yagona litsenziya talabi to‘g‘risida” qaror qabul qilingan. Unda har bir faoliyat turining, jumladan, alkogol va etil spirti, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni ulgurji sotish bilan bog‘liq faoliyat turlari litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritilgan va pasportlari tasdiqlangan. Mana shu pasportlarga binoan litsenziya talablari buzilgani uchun aniq bir javobgarlik choralari belgilab berilgan edi. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, litsenziya talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi joriy holatdagi ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqadigan holat hisoblanadi. Ya’ni markirovkalanmagan yoki yashirin mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq holat sodir etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchilarning uskunalarini davlat foydasiga o‘tkazib yuborish bilan bog‘liq javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Bundan tashqari, oldin ishlab chiqarish hajmi 60 foizdan kam bo‘lgan taqdirda aniq bir javobgarlik choralari qo‘llanilar edi. Hozirgi kunda esa aksiz solig‘ining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi. Lekin ishlab chiqarishning mavsumiyligini inobatga olgan holda buning rejalari belgilanyapti. Ular ishlab chiqarish quvvatini yana qayta 60 foizdan oshirgan taqdirda qo‘llanilgan jarimani qaytarib berish tartibi joriy etilyapti”, deydi Farhod Ochilov. 

Noqonuniy tamaki savdosining ko‘lamini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Chunki bu butun dunyodagi uchinchi eng yirik biznes hisoblanadi. Ammo butun dunyoda sotilgan va iste’mol qilingan barcha sigaretalarning taxminan 11 foizi noqonuniydir, achinarlisi esa ular o‘rnatilgan xavfsizlik standartlariga javob bermaydi. Tamakining va alkogol mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi barchamizga ma’lum. Buning ustiga, ushbu mahsulotlar sifat talablariga ham javob bermasa! Bu nafaqat ushbu mahsulotni iste’mol qilayotgan inson salomatligiga, balki uning atrofidagilar uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, noqonuniy mahsulotlar savdosi ma’muriy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
18
0
xs.uz

Prezident kasb-hunar taʼlimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy taʼlimni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.Bu haqda shu yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalar boʻyicha boʻlib oʻtgan vidoselektor yigʻilishida vazifa qoʻyilgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy oʻrganilib, qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.Hozirgi kunda professional taʼlim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texn

03 Sep 21:34
 
41
0
xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiz

10 Oct 10:49
 
22
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

09 Oct 12:39
 
28
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk