calendar 01 Feb 16:30
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Modrich “Real” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas

image

“Real”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich Madrid klubi bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda “El Larguero” xabar berdi.

Modrich 2012 yilning avgustidan beri “Real”da o‘ynamoqda. Nufuzli “Transfermarkt” internet portali Lukaning hozirgi transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Qayd etish joiz, Modrich “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. U bu mukofotni 2018 yilda olgan.

Joriy mavsumda 38 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liganing 21-turidan so‘ng, “Real” turnir jadvalida peshqadam “Jirona”dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
53
0
qalampir.uz

Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi. Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan va

22 Jul 18:42
 
52
0
qalampir.uz

Parij-2024: Fransiya xavfsizlik masalasida dunyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilmoqda

Fransiya hukumati 40 ta davlat bilan hamkorlikda Parijdagi Olimpiada o‘yinlari xavfsizligini ta’minlamoqda. Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange ma’lum qildi. “Har qanday xalqaro tadbirda bo‘lgani kabi xalqaro xavfsizlik hamkorligi borligini tasdiqlay olaman. Fransiya bilan xavfsizlik masalalarida 40 ta davlat hamkorlik qilmoqda. Biz xavfsizlik masalasida hamkorlik ishlarini ikki yil oldin boshlagan edik. O‘yinlar davomida hamma narsa to‘liq nazora

14 Aug 06:38
 
24
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etishi mumkin. Uning keyingi klubi Messi oʻynayotgan chempionatda

Ayni paytda 'Roma' hujumchisi hisoblangan Eldor Shomurodov MLS jamoasiga, 'Atlanta Yunayted' klubiga oʻtish borasida yangiliklar paydo boʻldi. Bu haqda mashhur futbol insaydri Fabritsio Romano oʻz 'X' postida maʼlum qilgan.Oʻzbekistonlik hujumchi 'Roma'ning transferlar roʻyxatidan joy olgan. Maʼlum boʻlishicha, 'boʻrilar' murabbiyi Daniyel De Rossi Eldorni yangi jamoadagi oʻrnini belgilab bermagan. Katta ehtimol bilan u poytaxt klubining uzoq muddatli rejalaridan chetda qolgan.Fabritsi

28 Jul 09:57
 
68
0
qalampir.uz

Parij-2024: Diktorlar ochilish marosimida Janubiy Koreyani KXDR bilan adashtirib yubordi (video)

Yozgi Olimpiadaning ochilish marosimida Janubiy Koreya terma jamoasi Shimoliy Koreya termasi deb e’lon qilindi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi. Janubiy Koreya delegatsiyasi qirg‘oq bo‘ylab yurganida fransuz va ingliz tillarida so‘z yurituvchi diktorlar mamlakatni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi deb e’lon qildi.  Janubiy Koreya delegatsiyasi paradda 48-raqamda, KXDR jamoasi esa 153-bo‘lib chiqish qildi. Janubiy Koreya sport vazirligi diktorlarning xatosi y