calendar 01 Feb 16:05
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“O‘zga sayyoraliklar” jangi Ronaldusiz o‘tadi

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu argentinalik futbolchi Lionel Messi to‘p suradigan “Inter Mayami” bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi. Bu haqda Saudiya klubi bosh murabbiyi Luish Kashtru ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu hozirda jarohatidan tiklanishning so‘nggi bosqichini o‘tamoqda. Futbolchining jarohati “Al-Nasr”ning o‘tgan hafta Xitoyga safari chog‘ida ma’lum bo‘ldi. Shu sabab mamlakatda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi.

O‘z navbatida Ronalduning jarohati bois, klubning Xitoydagi turnesi boshqa muddatga qoldirildi, bu esa xitoylik ishqibozlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Al-Nasr”-“Inter Mayami” o‘yini bugun, 1 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 14:14
 
29
0
qalampir.uz

Yoshlarimiz Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Bu davomiy bo‘lishi uchun mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak – Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Dilbog‘ mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari mahalladagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan. Zamonaviy majmuada yopiq va ochiq sport maydonlari, nazariy mashg‘ulot xonalari, yotoqxona, oshx

05 Jun 17:15
 
34
0
qalampir.uz

Simeone Gvardiolaning “ishongan tog‘i”ni olib kelmoqchi

“Atletiko Madrid” klubi bu yilgi transfer siyosatiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Klub rahbariyati ushbu yozda “Manchester Siti” forvardi argentinalik Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.  “Atletiko Madrid” garchi moliyaviy jihatdan “Manchester Siti” bilan raqobat qilolmasa ham, “matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone futbolchiga “Manchester Siti” jamoasidagi

02 Jun 18:08
 
16
0
qalampir.uz

Joze Mourino turk klubini boshqaradigan bo‘ldi

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Fenerbaxche” klubi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi. Mourino 2024 yilning yanvaridan beri “Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin klubsiz edi. Saudiyaning “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” klublari murabbiyga qiziqish bildirganiga qaramay, yakunda Joze Turkiya variantini tanladi. Portugaliyalik mut

08 Jun 15:58
 
111
0
qalampir.uz

Makgregor-Chendler jangi bekor bo‘ldimi? Maykl javob berdi

Amerikalik Maykl Chendler sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor bilan UFC 303ʼdagi jangining bekor qilingani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.  “Tayyorgarlik davom etmoqda. Ha, hozir ko‘pchilik bu mavzuda turli gaplar aytmoqda, ammo, hech kim jangni bekor qilmadi. 29 iyun kuni jang qilamiz”, deydi Maykl Chendler. Ma’lumot uchun, Maykl Chendler o‘zining so‘ngi jangini 2022 yil noyabr oyida vatandoshi Dastin Porega qarshi UFC 281 turniri doirasida