calendar 01 Feb 12:04
eye 101
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Endi Rossiyada armiyani obro‘sizlantirganlarning mol‑mulki musodara qilinadi

image

Rossiya Davlat Dumasi uchinchi va yakuniy o‘qishda Jinoyat kodeksiga mamlakat armiyasi haqidagi soxta ma’lumotlar va davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatga ommaviy chaqiriqlar uchun mol-mulkni musodara qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Rossiya qonun chiqaruvchi organi ma’lum qildi.

Hujjat 22 yanvar kuni parlament palatasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi deputatlar guruhi tomonidan kiritilgan bo‘lib, 24 yanvarda birinchi o‘qishda, 31 yanvarda ikkinchi o‘qishda qabul qilingan. Volodinning aytishicha, bu qonun "o‘z vataniga xiyonat qilganlar haqida".

“Mamlakatimiz, bu odamlar farovon yashashi, faxriy unvonlar, mukofotlar, mulklar olishlari uchun barcha ishni qildi, bugun ular bu mablag‘ va mol-mulkni vatanni talon-taroj qilishga, unga, askarlariga, zobitlariga xiyonat qilish, ularga loy chaplash va ularni tanqid qilish uchun ishlatmoqda. Shuning uchun siz va men qonun qabul qilyapmiz. Jinoyat kodeksiga birinchi marta xiyonatkorlarni javobgarlikka tortish imkonini beradigan normalar kiritiladi. Bu hamma mamlakatlarda bor va ular xoinlarga nisbatan qattiqroq munosabatda bo‘ladi, lekin bizda ular ikkinchi yoki uchinchi fuqarolikni oladi. Shu bilan birga, ularning daromad manbalari mamlakatimizga zarba berish uchun ishlatiladi”, deydi Davlat Dumasi raisi.

O‘z navbatida, Dumaning Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Irina Pankina musodara qilish jazo turi emas, balki jinoiy-huquqiy xarakterdagi chora ekanligini ta’kidladi.

“Hech qanday mol-mulk musodara qilinmaydi, faqat ma’lum bir jinoyatga bevosita aloqador bo‘lgan narsalar tortib olinadi”, deb tushuntirdi deputat yalpi majlisda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rostov viloyatida 72 yoshli pensioner ayol Yevgeniya Mayboroda Rossiya armiyasi haqida “soxta xabarlar” tarqatganlikda aybdor deb topilib, besh yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
29
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

08 Sep 16:45
 
23
0
xs.uz

Pokrovskda vaziyat qanday? Zelenskiy Germaniyada

Ukraina harbiy qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumini himoya qilib chiqdi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, hujum Rossiyaning Pokrovsk shahriga intilishini sekinlashtirgan va bu strategiyaning bir qismidir. 'CNN'ga koʻra, Sirskiy Pokrovskni yoʻqotmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Qoʻmondonning qoʻshimcha qilishicha, dushman soʻnggi 6 kun ichida bir metr ham siljimagan. Kiyev Kurskning 1,300 kvadrat kilometr hududini nazorat qilayotgani aytilmoqda.Payshanba kuni