calendar 01 Feb 11:39
eye 137
comments 0
comments Manba: postda.uz

Fuqarolik pasporti va ID-karta O‘zbekiston Respublikasi mulki, uning egasi davlat himoyasida

image

Bugungi kunda fuqarolarga yengilliklar yara­tish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida sohadagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun sanksiyalarning darajasini tegishli huquqbuzarlikning ijtimoiy ahamiyati va oqibatlari bilan mutanosib bo‘lishini ta’minlash hamda ma’muriy jarimalar miqdorlarini maqbullashtirish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga sohadagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini aniq belgilash va ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarga yengillik yaratishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.

Tahririyatimizga mushtariylarimiz tomonidan shaxsni identifikatsiyalovchi ID-karta va u bilan bog‘liq turli masalalar bo‘yicha savollar kelib tushayotgani bois bu haqda batafsil ma’lumot berishga qaror qildik.

Savollarga IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Ruslan ZABIROV javob berdi:

– Pasport yoki ID-karta qanday hujjat, ular qonunchilikka ko‘ra davlat mulki hisoblana­dimi yoki fuqaroning shaxsiy mulki?

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi­ning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini hamda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir. Prezidentimizning 2020-yil 22-sentabrdagi farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida»gi nizomning 3-bandida ID-karta O‘zbekiston Respublikasi mulki va uning egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanligi belgilangan.


– ID-kartaning afzal jihatlari nimada? 

– ID-karta O‘zbekiston Respublikasining fuqaro­ligini hamda fuqaroning shaxsini tasdiqlash bilan bir qatorda, respublikamizning barcha soha­larida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, shaxslar­ning doimiy yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida, mavjud aholi soni statistikasini yuritishda, hududlarning infratuzilmasini shakllantirishda, aholiga pensiya va tibbiy ta’minot, boshqa ijtimoiy kafolatlarning ko‘rsatilishida, davlat xizmatlari ko‘rsatishni rejalashtirishda, mavjud resurs va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda, aholining bandligini ta’minlashda, Qurolli Kuchlarni shakllantirishda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishda, eng muhimi, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish, davlat xiz­matiga kirish, davlat hokimiyati vakillik organlari­ga saylash va saylanish va boshqa huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.


– ID-kartaning amal qilish muddati qancha? U kimlarga, necha yoshda beriladi?

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:

– 1 yoshgacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan bolaga – ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);

– 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);

– 16 yoshdan – 10 yil muddatga.


– Hujjatning almashtirish muddati hatto bir necha oy o‘tib ketgan fuqarolar ham uchrashi mumkin. O‘z vaqtida ID-kartani almashtirmagan fuqarolarga nisbatan jarima qo‘llanadimi?

– Fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim. O‘z vaq­tida murojaat qilinmasa, bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks­ning 223-moddasi talablariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


– ID-kartani yo‘qotib qo‘ygan yoki yaroqsiz holga keltirgan fuqarolarga nisbatan qonunchiligimizda qanday choralar ko‘riladi?

– Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks­ning 223-moddasi talablariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamagani oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamagani oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, mamlakatimiz hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini) qasd­dan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamagani oqibatida yo‘qotib qo‘yishi bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solinishiga olib keladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solish­ga sabab bo‘ladi.


– Bu muhim hujjatlarning qanday hollarda yaroqsiz holga kelgan deb hisoblanishi ham mushtariylarimizni qiziqtiradi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2011-yil 5-yanvardagi farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida»gi nizomning 17-bandida fuqaro pasportini ehtiyot qilib saqlashi shartligi belgilangan.

Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaning yaroqsizlantirish faktini pasportlarning varaqlarini yirtib tashlangani, pasportga qo‘yilgan belgilar­ning ko‘rinmas holatga keltirilgani yoki shaxsning biografik va biometrik ma’lumotlariga qasddan yoxud ehtiyotsizlik oqibatida shikast yetkazilgani va boshqa holatlar tasdiqlaydi.

Hujjatlarni yaroqsizlantirish fakti asosan hujjatlarni ko‘zdan kechirish orqali aniqlanadi.


– Ba’zi fuqarolar qayd varag‘ini olib yurganiga ham ko‘zimiz tushyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?

– Davlatimiz rahbarining 2020-yil 22-aprel­dagi «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiy­lashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali «yagona darcha» tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirilmoq­da. 

Fuqarolarimiz «Manzil» tizimi orqali doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi va ularga fuqaroning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingani to‘g‘risida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i beriladi.

Fuqarolarning qayd varag‘ini olib yurishlariga chek qo‘yish maqsadida Ichki ishlar vazirli­gining «Manzil» tizimi «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilingan. Buning natijasida davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa ma’muriy tartib-tamoyillarni amalga oshirishda fuqarolarning doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingani haqidagi ma’lumotlarni fuqarolardan talab qilmasdan, mazkur platforma orqali mustaqil ravishda so‘rab olishi imkoniyati yaratilgan.


– Biometrik pasportni ID-kartaga almash­tirishning oxirgi muddati qachon?

– Prezidentimizning 2020-yil 22-sentabr­dagi «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan. Demak, fuqarolar biometrik pasportlarini 

2030-yil 31-dekabrgacha ID-kartaga almash­tirishlari lozim.

O‘z muxbirimiz 

Sherzod ABDUSAMADOV yozib oldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
13
0
postda.uz

SAYYОHLARGA TAKLIFIMIZ KO‘P

Surxon vohasida turizmni rivojlantirish, turizm namoyishi ob'ektlariga xorijlik sayyohlarni jalb etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, vohada turizm salohiyati, qolaversa, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha kuch-vositalar yetarli.Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi ob'ektlari, mehmonxonalar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari bilan integratsiya qilingan. Bu orqali turistlarning viloyat hududiga ki

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tash

09 Oct 12:40
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,85'soʻmga tushdi va'12 787,03'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'20,27'soʻmga oshib,'14'049,11'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,06'soʻmga koʻtarilib,'133,05'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi

Qayd etish joiz, Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o'smoqda ' iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma'lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.Shuningdek, o'tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga (8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha) oshgan. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi esa o'zgarishsiz qolmoqda ' 1