calendar 01 Feb 09:26
eye 104
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shomurodov faoliyatini qayerda davom ettiradi?

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov “Salernitana” jamoasi a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda sport jurnalisti Xrach Xachatryan o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

28 yoshli Shomurodov hozirda “Kalyari” futbolchisi hisoblanadi. “Bo‘rilar” uni mavsum oxiriga qadar Sardiniya jamoasiga ijaraga bergandi.

Hozirda Salernitana A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. 22 ta o‘yindan keyin jamoa hisobida 12 ochko mavjud. 

Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 28 yoshli Eldor Shomurodov “Kalyari” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 2 ta assist yozdirib qo‘ydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik 15 yoshli qiz Paralimpiya oʻyinlari kumush medaliga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya oʻyinlari davom etmoqda.Kecha, 6-sentyabr kuni para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston delegatsiyasining 15 yoshli aʼzosi Shahina Yigitaliyeva 43,12 metr natija qayd etdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.Maʼlumot uchun, Shahina Yigitaliyeva Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008-yil 16-oktyabrda tugʻilgan.Bir

09 Oct 12:37
 
13
0
postda.uz

Keyingi marra oltin, – deydi olimpiadaning bronza medali sohibi, safdor Muzaffar To‘raboyev

Alpomish avlodidan bo‘lgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek To‘raboyevning ketma-ket erisha­yotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, otasi – milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lgani shaksiz. Bolalik chog‘laridan mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Muzaffarbek bugungi kungacha yurtimiz va xalqaro doiradagi turli musobaqala

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Chavandozlarimiz nufuzli turnirda gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi

Shu kunlarda Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI2*-W, CSIU25-A, CSIYH1* turkumidagi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning eng yetakchi sport juftliklari ishtirok etayotgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bormoqda.Musobaqada toʻsiq balandligi 140 sm boʻlgan marshrutda Abdurahmon Abdullayev 'Otto van de Achterhoek' laqabli otda birinchi oʻrin sohibi boʻldi. Chavandozimiz yoʻnalishni jarima

25 Sep 13:15
 
24
0
xs.uz

Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qoʻlga kiritdi

Budapesht 2024 olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoalarining natijalari maʼlum qilindi.Unga koʻra, 189 ta jamoalar orasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi olimpiadani faxrli 3-oʻrin bilan yakunladi.Taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-oʻrin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-oʻrin va oltin medalni qoʻlga kiritdi.Qizlarimiz esa 170 ta jamoalar orasida 12-oʻrinni egalladi.Taxtalar kesimida: 5-taxtada Nodira Nodirjanova 2-oʻrin va kumush medalni qoʻlga k