O‘zbekistonlik taniqli futbolchi Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubay Siti” jamoasida davom ettirishi mumkin.
Gap shundaki, Rashidov yaqindagina aynan “Dubay Siti” jamoasining o‘rtoqlik o‘yinida ko‘rinish berdi. 32 yoshli futbolchi “Al-Vasla” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.
Hozircha Rashidovning “Dubay Siti”ga ko‘chib o‘tgani rasman e’lon qilingani yo‘q. Hujumchining oxirgi jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov faoliyati davomida Al-Jaish”,“Al-Jazira”, Nasonal”, “Qatar SK”, “Al-Quvayt” va “Umm-Salal” kabi xorij klublarida to‘p tepgan. 2013 yildan 2021 yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan.