calendar 31 Jan 19:07
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Qizil dengizda yana husiylarning raketasini urib tushirdi

image

Bugun, 31 yanvar kuni Yamandagi husiylar Qizil dengizdagi AQSH harbiy kemasini bir nechta raketa bilan o‘qqa tutganini e’lon qildi. Bu haqda harakat vakili Yahyo Sariya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, husiylar AQSH va Britaniya kemalariga hujumlarini davom ettirishni rejalashtirgan. 

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) kemaga qilingan hujumni tasdiqlamadi, biroq husiylar tomonidan 31 yanvar kuni Qizil dengiz yo‘nalishida uchirilgan raketa Amerikaning USS Gravely kemasi tomonidan urib tushirganini ma’lum qildi.

Qayd etish joizki, G‘azo sektorida mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirish va urush tugagunga qadar ular bilan bog‘liq kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga yo‘l qo‘ymasliklarini aytgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar o‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan beri Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida 30 dan ortiq fuqarolik kemalariga hujum qilgan.

Bunga javoban AQSH, Bahrayn, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Fransiya kabi davlatlar husiylarga qarshi Prosperity Guardian operatsiyasini e’lon qildi. AQSH va Buyuk Britaniya ikki marta qo‘shma operatsiya o‘tkazib, Yaman hududidagi nishonlarga zarba berdi. Bundan tashqari AQSH bir necha bor husiylarga hujum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq amerikalik rasmiylarga tayanib, “Financial Times” nashri AQSH Xitoydan Eronni husiylarga ta’sir o‘tkazishga undashni so‘ragani, ammo Pekindan arzirli javob bo‘lmaganini xabar qilgandi. Keyinchalik, “Reuters” agentligi Erondagi manbalariga tayanib, Xitoy Erondan Yamandagi husiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarini to‘xtatishda yordam so‘raganini yozdi. Yamandagi husiylar vakili esa harakat Qizil dengizdagi Rossiya, Xitoy yoki Germaniya kemalariga hujum qilish niyatida emasligini aytgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 09:32
 
64
0
qalampir.uz

Xitoy FATH va HAMAS vakillarini qabul qiladi – NYT

Xitoy hukumati kelasi hafta Pekinda HAMAS va FATHning yuqori martabali vakillarini qabul qiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi. Qayd etilishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya keyingi hafta harakat delegatsiyasi bilan birga Xitoy poytaxtiga boradi. O‘z navbatida, FATH delegatsiyasi tarkibiga harakatning uchta yuqori martabali vakili, jumladan, FATH raisi o‘rinbosari ham kiradi. FATH va HAMAS vakillari bir qator uchrashuvlarda harakatlar o‘rtasida

15 Jul 12:02
 
9
0
qalampir.uz

Eron AQSH bosimini rad etadi, Rossiya va Xitoy siyosatini olqishlaydi – Pezeshkiyon

Bugun, 13 iyul kuni Eronning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon “Yangi dunyoga mening xabarim” deb nomlangan shaxsiy fikrlari aks etgan maqolasini e’lon qildi. Maqola “Tehran Times” gazetasida chop etildi.  Unda mintaqadagi mojaro va beqarorlik sharoitida Eronda tartibli va tinch saylovlar o‘tkazish orqali mamlakatning favqulodda barqarorligiga erishilganiga to‘xtalib o‘tilgan. “Mana shunday barqarorlik va saylovlarning munosib tarzda o‘tka

26 Jul 10:19
 
6
0
qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘rid

26 Jul 10:21
 
8
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ