calendar 26 Jul 10:19
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri Suriyaga ham taalluqlidir”,  degan Putin.

O‘z navbatida, Asad ham butun dunyoda va Yevrosiyo mintaqasida ro‘y berayotgan barcha voqealarni inobatga olib, bugungi uchrashuv ushbu voqealar rivojining barcha tafsilotlarini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan istiqbollar va ssenariylarni muhokama qilish uchun juda muhim ekanini qayd etdi.

Asad oxirgi marta Rossiyaga 2023 yilning mart oyida borgan.

Qayd etish joizki, 2024 yil boshidan buyon matbuotda Asad va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi ilk uchrashuv Rossiyada bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qo‘shimcha kuch yuborgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa

28 Jul 12:56
 
96
0
qalampir.uz

Rossiyada bombardimonchi samolyot halokatga uchradi (video)

Rossiyaning Volgograd viloyatida Su-34 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Mudofaa vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi. Qayd etilishicha, samolyot o‘q-dorilarsiz o‘quv parvozini amalga oshirgan. Samolyot bortida faqat ikki uchuvchi bo‘lgan. Ekipaj cho‘l hududiga qulab tushgan. Mudofaa vazirligi samolyot halokatining dastlabki sababini texnik nosozlik deb atagan.   “Uchuvchilar mashg‘ulotda vazifani yaxshi o

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Polsha Xitoyga eksport yo‘lini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi – “Bloomberg”

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi migratsiya inqirozining kuchayishini sekinlashtirish uchun Xitoydan Belarusga bosim o‘tkazish uchun foydalandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Prezidenti Anjey Duda iyun oyi oxirida Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoydan Yevropaga migratsiya va tovarlarni mamlakat orqali olib o‘tish masalalarini ko‘targan. Xususan, “Malashevich” nazorat-o‘tkazish punk

15 Jul 12:02
 
45
0
qalampir.uz

Guterrish UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jiddiy moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda, falastinliklar esa yashash uchun zarur bo‘lgan hamma narsadan, jumladan, huquqlari tan olinishidan mahrum qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yillik konferensiyada so‘z ochdi.  Bildirilishicha, UNRWA’ning 194 nafar xodimi G‘azo mojarosi vaqtida halok bo‘lgan, bu BMT t