calendar 31 Jan 12:48
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yana bir top futbolchi faoliyatini Saudiyada davom ettiradigan bo‘ldi

image

Yaqindagina Ispaniyaning “Sevilya” klubini tark etgan xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi Ivan Rakitich Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” klubi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Al-Shabab” bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Tajribali yarim himoyachi Saudiya klubida 30-raqamda harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, bungacha xorvatiyalik futbolchi “Sevilya”dan tashqari “Barselona” va “Shalke-04” jamoalarida ham o‘ynagan. Joriy mavsumda Ivan Rakitich Ispaniya chempionatida “Sevilya” safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
5
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

18 Jul 09:49
 
34
0
qalampir.uz

Ronaldino va Ibragimovich asrning top-100 sportchisi safiga kirdi

Sobiq futbolchilar braziliyalik Ronaldino va shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich XXI asrning eng yaxshi 100 nafar sportchisi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Ronaldino faoliyati davomida PSJ, “Barselona” va “Milan” klublarida o‘ynagan. Umumiy hisobda futbolchi faoliyatini yakunlagan 2018 yilga kelib 549 ta o‘yin o‘tkazib, 198 ta gol urgan va 168 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ronaldino “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek, Jahon chempi

06 Jun 18:30
 
94
0
qalampir.uz

Kremlyov rus bokschilarini xoin deb atadi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov iyul oyida boshlanadigan Parij Olimpiadasiga neytral maqomda borishga rozi bo‘lgan rus bokschilarini keskin tanqid qildi. “Neytral maqomda boksda qolish yoki boksdan ketish tanlovi bo‘lsa, men ketishni tanlardim. Farzandlarimizga bayroqsiz va madhiyasiz ringga chiqishni aytishdan uyalaman. Bizning ona Rossiyamiz bor va biz uning tarafida turishimiz kerak. Bayroqsiz arenaga chiqishga rozi bo‘lganlarni tushunmayman. Bu xu

11 Jul 15:12
 
24
0
xs.uz

Rustam Qosimjonov “Rustam Qosimjonov kubogi”da kuchli uchlikka ham kira olmadi

Toshkentda 8-9-iyul kunlari 'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024' musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Musobaqaning vaqt nazorati 'Rapid 15+10' shaklida boʻlib, Nodirbek Abdusattorov 6.5 ochko bilan gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Javohir Sindorov 6 ochko bilan, uchinchi oʻrinni esa eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo 5.5 ochko bilan qoʻlga kiritdi. Rustam Qosimjonov esa oʻzining nomi bilan atalgan turnirda atigi 5.5 ochko bila