calendar 18 Jul 09:49
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronaldino va Ibragimovich asrning top-100 sportchisi safiga kirdi

image

Sobiq futbolchilar braziliyalik Ronaldino va shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich XXI asrning eng yaxshi 100 nafar sportchisi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Ronaldino faoliyati davomida PSJ, “Barselona” va “Milan” klublarida o‘ynagan. Umumiy hisobda futbolchi faoliyatini yakunlagan 2018 yilga kelib 549 ta o‘yin o‘tkazib, 198 ta gol urgan va 168 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ronaldino “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek, Jahon chempionati, Amerika kubogi, Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya va Italiya chempionatlari g‘olibi hisoblanadi.

Ibragimovich 2023 yilning yozida faoliyatini yakunladi. Bu vaqtga kelib u 827 o‘yin o‘tkazib, 496 gol urgan va 202 golga assistentlik qilgan. 42 yoshli futbolchi beshta Italiya chempionligi, to‘rtta Fransiya chempionligi va bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. Yevropa sahnasida esa Zlatan Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogini yuta olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
57
0
qalampir.uz

Mbappe bolaligida to‘p tepgan klubni sotib olmoqchi

Mbappening oilasi Kilian bolaligida o‘ynagan “Kan” klubini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappening butun oilaviy biznesini uning onasi Faiza Lamari boshqaradi, u ayni paytda “Real Madrid” a’zosiga aylangan futbolchining agenti hisoblanadi. Hozirda Mbappelar oilasi “Kan” aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. O‘tgan mavsumni Fransi

16 Jul 20:55
 
152
0
qalampir.uz

Ispaniya sardori faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Madridning “Atletiko” klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata katta ehtimol bilan bu yozda “matraschilar” safini tark etib, boshqa klubga o‘tadi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira o‘z X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, “Milan” Moratani o‘z safiga qo‘shib olish uchun hujumchining tovon puli, ya’ni 13 million  yevroni to‘lashga tayyor. “Rossonerilar” u bilan yiliga 5 million yevro maosh evaziga 20

11 Jul 15:12
 
38
0
xs.uz

Messi gol urgan oʻyinda Argentina yana finalga chiqdi. U “Oltin toʻp” olishi mumkinmi

AQShda oʻtkazilayotgan 'Copa America'2024' musobaqasining yarim final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Kanada terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, birinchi finalchiga aylandi.Argentinaliklarning gollariga Xulian Alvares va sakkiz karra 'Oltin top' egasi Lionel Messi mualliflik qildi. Shu bilan birga, Argentina jamoasi sardori uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.Qayd etish kerakki, Argentina ketma-ket ikkinchi bor 'Copa America' finaliga chiqdi. 2021-yilda argentinaliklar

15 Jul 12:02
 
84
0
qalampir.uz

DXX kubogi: Toshkentning “zo‘ri” aniqlandi

Kecha, 12 iyul kuni futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogining Toshkent shahar bosqichi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi JAR stadioni mezbonlik qilgan chempionlik o‘yinida poytaxtning Olmazor tumani “Chimboy” va Yangi hayot tumani “Do‘stlik” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.  Murosasiz tarzda kechgan bahsning har ikki taymida Yangi hayot tumanining “Do‘stlik” jamoasi raqiblaridan ustunlik qildi. Epizodlardan b