calendar 30 Jan 17:32
eye 71
comments 0
comments Manba: postda.uz

Gʻoliblar nomi maʼlum

image

“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi ham boʻlib oʻtdi. Unda nafaqat namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari, balki eng faol xodimlar va jamoatchilik vakillari orasidan ham nominatsiya gʻoliblari aniqlandi.

Xususan, “Eng faol sektor rahbari”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng faol xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori”, “Eng namunali xotin-qizlar faoli” “Eng faol inspektor-psixolog”, “Eng faol probatsiya xizmati inspektori”, “Eng faol patrul-post xizmati inspektori”, “Eng faol yoʻl-patrul xizmati inspektori”, “Eng faol mahalla fuqarolar yigʻini raisi”, “Eng faol hokim yordamchisi” va “Eng faol yoshlar yetakchisi” kabi nominatsiya gʻoliblari maxsus diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

Shundan soʻng, tanlovning asosiy nominatsiyasi “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” gʻoliblari birma-bir sahnaga taklif etildi. 3-oʻrin Sergeli tumani “Nurhayot” MFY hududidagi mahalla huquq-tartibot maskani, 2-oʻrin Uchtepa tumani “Xuroson” MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskaniga nasib etdi. Mutlaq gʻolib – 1-oʻrin esa Yunusobod tumani “Bogʻishamol” MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskaniga berildi.

Endi navbat respublika bosqichiga. Unda poytaxt miqyosida tengsiz deb topilgan nominatsiya gʻoliblari ishtirok etishadi.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.



Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 21:14
 
42
0
xs.uz

Isroil elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini yakunladi

'Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasini, ilgʻor tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz', deydi Mirziyoyeva.

16 Jul 19:13
 
70
0
xs.uz

Qator hududlarda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. 'E.P.' va 'G.B.' MCHJlarning rahbari M.I. tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish uchun ajratilgan 962,5 million soʻm imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida fermer xoʻjaliklariga uskunalarni yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.Shu kabi, departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilga

11 Jul 15:13
 
48
0
xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod

17 Jul 03:40
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonning qaysi hududidan koʻproq ipoteka krediti olingani maʼlum qilindi

Qayd etilishicha, yanvar'iyun oylarida Oʻzbekiston aholisiga 6,88 trillion soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 23 ming 201 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan boʻlib, ularning 16,9 nafari erkaklar (4 trillion 32 milliard soʻm), 9,2 ming nafari xotin'qizlar (2,4 trillion soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.Ipoteka kreditlarining 61 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 39 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 70 foizini 31'50 yosh