calendar 30 Jan 09:48
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijondagi bojxona postida xodim ayolning yuklarini tepib tashladi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida joylashgan “Do‘stlik” bojxona postida bojxona xodimi chegarani kesib o‘tayotgan ayolga juda qo‘pol munosabatda bo‘lgani va uning sumkalarini tepib tashlagani aks etgan video tarqaldi. Unda xodim quyushqondan chiqib, yo‘lovchi ayolga baqirayotgani boshqalar esa holatni tomosha qilayotganini ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi esa 2024 yil 27 yanvar kuni bunga o‘z munosabatini bildirdi. Boshqarmaga ko‘ra, mazkur videomurojaat tegishli tartibda o‘rganilganda, ushbu holat 2023 yilning 25 oktyabr kuni bo‘lganligi aniqlangan.

"Hozirda xodimning xatti harakatiga nisbatan xizmat tekshiruv tayyorlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyiladi munosabatda. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 28 noyabrida Qonunchilik palatasi deputatlari yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish maqsadida Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagandi. Hujjat bilan huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga oid foto va videolarini "obro‘sizlantirish maqsadida" internetda e’lon qilganlik uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosini joriy etish taklif qilingan. Hozirda bu hujjat Senat tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:36
 
5
0
xs.uz

Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok

18 Apr 11:07
 
79
0
xs.uz

Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

17 May 21:46
 
40
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

01 Jun 03:47
 
102
0
xs.uz

Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet