calendar 29 Jan 18:17
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda o‘zganing plastik kartasidan 27 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

image

Surxondaryoda o‘zganing plastik kartasidagi 27 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 23 yoshli M.M. IIO ga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum shaxs tomonidan 27 mln so‘m yechib olinganini ma’lum qilgan.    

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 28 yoshli K.B. sodir etgani aniqlangan.

Shuningdek, ushbu shaxs  internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmundagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" va "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘zganing kartasidan 460 mln so‘m yechib olgan shaxslar qo‘lga olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
29
0
xs.uz

Sanʼatkorlardan oʻqituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniVatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidag

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi.'Vnukovo' aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, 'Ozarbayjon temir yo'llari', 'Alyat' erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.O'zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ul

09 Oct 12:39
 
19
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta