calendar 29 Jan 11:05
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Istanbulda katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirildi (video)

image

Kecha, 28 yanvar kuni Istanbulda ikki noma’lum shaxs Avliyo Meri katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“HaberTurk” xabariga ko‘ra, niqobli ikki kishi cherkovga yaqinlashib, o‘t ochgan, keyin esa voqea joyidan qochib ketgan.

“Hujum oqibatida Turkiya fuqarosi Tursen Jihan vafot etdi”, deydi IIV rahbari.

Hujum uchun mas’uliyatni ISHID terror tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

“Turkiya huquq-tartibot idoralari hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 47 kishini hibsga oldi. Hujumda Rossiya va Tojikiston fuqarolari gumon qilinmoqda”, deydi Yerliqoya.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqea munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarni tezda qo‘lga olish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Qotillik sodir bo‘lgan cherkov XIX asrda qurilgan bo‘lib, Istanbulning Yevropa qismida, Bosfor bo‘g‘ozi yaqinida, baliq bozori yaqinida joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
17
0
qalampir.uz

Diplomat eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qozog‘istonlik ayol vataniga qaytarildi

Avvalroq qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi 10 yildan beri zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng ayol Dubaydan vataniga qaytarildi. Bu haqda “NeMolchiKZ” fondi xabar berdi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Karina Mamashning mamlakatga qaytish parvozini tashkil qilib bergan. Karinaning onasi hozir hammasi yaxshi ekanini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan. B

10 May 21:10
 
38
0
qalampir.uz

Ramzan Qodirovning jiyani “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Rossiya Davlat Dumasiga Chechenistondan saylangan deputat Adam Delimxonov ma’lum qildi.  Uning yozishicha, orden bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Mukofot berilishining aniq sabablari noma’lum. Delimxonov o‘z postida Hamzat Qodirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshidan

10 May 13:30
 
27
0
qalampir.uz

Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirdi

Ukraina Oliy Radasi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirish masalasiga ovoz berdi. Mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovozi bilan har ikki qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida ma’lum qildi. “Rada harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatni uzaytirish uchun – 339 deputat, safarbarlikni davom ettirish uchun 336 deputat ovoz berdi”, deb yozdi Oliy Rada deputati. Bu h

10 May 13:30
 
28
0
qalampir.uz

Odam savdosida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan, 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ozod Sa’dullayevich Rahimov Istanbul shahrining Fatix tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi Ma’lumot uchun, Ozod Rahimov Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li