calendar 29 Jan 10:03
eye 98
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Norvegiya G‘azodagi Falastinlik qochqinlar agentligiga yordam berishda davom etadi

image

Norvegiya bugun, 28 yanvar kuni BMT yordam agentligi (UNRWA)ning ayrim xodimlarining 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujumlarga aloqadorligi haqidagi tergovlarini olqishlagan bo‘lsa ham agentlik orqali falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.

"Norvegiya UNRWA orqali Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Falastinga xalqaro yordam hozir har qachongidan ham ko‘proq kerak", degan Norvegiyaning Falastindagi vakolatxonasi o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shuningdek, vakolatxona G‘azo sektoridagi vaziyatni halokatli deb atagan, BMT agentligi qamaldagi anklavdagi eng muhim insonparvarlik tashkiloti ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya G‘azodagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi. 2023 yilning 1 noyabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga (UNRWA)gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilib, Falastin xalqi uchun gumanitar yordamga O‘zbekiston 1,5 million AQSH dollari ajratgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
70
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

16 Apr 09:12
 
46
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

22 Mar 08:54
 
53
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari