calendar 27 Jan 11:15
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada 60 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

image

Leningrad viloyatining Bugri qishlog‘idagi qurilish maydonchasida 60 yoshli o‘zbekistonlik erkak  halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi

Qayd etilishicha, hodisa 25 yanvar kuni “Enfild” turar joy majmuasining qurilish ishlari olib borilayotgan qismida yuz bergan. Ustiga metall konstruksiyasi qulab tushgan O‘zbekiston fuqarosi boshidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Marhum Rossiyaga ishlash uchun ko‘p marta borganiga qaramay, migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagani aniqlangan.

Holat yuzasidan “Qurilish yoki boshqa vazifalarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

 Voqea bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 14:15
 
61
0
qalampir.uz

Bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni kaltaklagan erkak “samosud” qilindi

Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi. Bildirilishicha, “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro T.O‘. o‘ziga tegishli olma bog‘ida mevalarni o‘g‘irlayotgan voyaga yetmagan bolalarni  ushlab olgan va ularni chaylasiga olib kelib, o‘g‘rilik qil

10 Jul 21:36
 
106
0
qalampir.uz

OTMlarga kirish test sinovlari qachon boshlanishi aytildi

2024-2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma’lumot berdi.  Qayd etilishicha, test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan

19 Jul 14:53
 
58
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Mirziyoyev o‘z maktubida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishda, respublikadagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Yevrokomissiya rah

11 Jul 15:11
 
71
0
xs.uz

Andijondagi noqonuniy mayning-ferma davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman boʻlimi tumanda 'Mayning ferma' tashkil etgan xonadonni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Departament va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 'Qoraqalpoq' MFYdagi xonadonida 14 ta toʻplamdagi 'Bitmain' mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻ