calendar 19 Jul 14:53
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni tabrikladi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev o‘z maktubida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishda, respublikadagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Yevrokomissiya rahbarining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida ta’kidlagan.

Shuningdek, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuksak bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirildi.

“Yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mintaqaviy aloqalarimizni manfaatli loyihalar va dasturlar bilan boyitish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘lishiga aminman”, deyiladi Prezident maktubida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya rahbari etib qayta saylangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, u o‘zining siyosiy dasturida Yevropa Ittifoqini mudofaa ittifoqiga aylantirishga va’da berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
28
0
xs.uz

25-avgust kuni harorat biroz pasayadi

'Oʻzgidromet' 25-avgust, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 da

19 Aug 07:03
 
11
0
xs.uz

Mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi yanada mustahkamlanishi ta’minlanmoqda

Senatning 55-yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. ' Muhokama jarayonida ta'kidlanganidek, keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta'lim olishga aynan ota-onalarning o'zi olib borishi holatlari ko'payib bormoqda.Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra 2021-2023 yill

27 Jul 11:24
 
73
0
qalampir.uz

Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimning matbuot kotibi Behzod Qobulov vaziyatga izoh berdi. Qobulovga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” x

26 Jul 16:11
 
68
0
qalampir.uz

Deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi. Ya’ni, saylanadigan har besh nafar nomzodning 2 nafari ayol kishi bo‘lishi kerak. Shuningdek, deputatlikk