calendar 19 Aug 07:03
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi yanada mustahkamlanishi ta’minlanmoqda

image
Senatning 55-yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. ' Muhokama jarayonida ta'kidlanganidek, keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta'lim olishga aynan ota-onalarning o'zi olib borishi holatlari ko'payib bormoqda.



Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra 2021-2023 yillar mobaynida noqonuniy diniy ta'limotdan saboq berish bilan bog'liq 2 457 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan. Ularning 1 479 tasi ''hujra' sharoitida tashkil etilgan bo'lib, ularda tahsil olayotganlarning 60 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etgan. Bolaning qonunga xilof diniy faoliyat bilan shug'ullanuvchi hech qanday ro'yxatdan o'tmagan, norasmiy markazlar va shaxslardan diniy ta'lim olishi natijasida ularning diniy ekstremistik g'oyalarining qurboniga aylanib qolmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. So'nggi 3 yilda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan shaxslar soni 4 baravarga oshgan. '



'Qolaversa, bunday noqonuniy ta'lim jarayonida bolalarga nisbatan turli og'ir jinoyatlar sodir etilmoqda. Bolaning erkin harakatlanishini cheklash hamda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan bino va xonalarda saqlash, unga jismoniy azob berish yoki ruhiy bosim o'tkazish holatlarini, hatto jinsiy zo'ravonlik qurboni bo'layotganligini bunga yaqqol misollar sifatida keltirib o'tish mumkin. Mamlakatimizda diniy ta'lim masalasi amaldagi qonunchilikda aniq belgilab qo'yilgan. Jumladan, 'Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida'gi Qonunda va undan oldingi qonunlarda diniy professional ta'limning huquqiy asoslari qat'iy belgilangan. Xususiy tartibda diniy ta'lim bilan shug'ullanish qonunga xilof hisoblanadi.'



Muhokama etilayotgan qonun yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarning oldini olish, ota-onalar hamda ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning bolalarni o'qitish, ta'lim va tarbiya berishga doir majburiyatlarini bajarish borasidagi mas'uliyatini kuchaytirish, shuningdek bolalarning bilim olish huquqi kafolatlarini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilganligi alohida ta'kidlandi. Mazkur Qonun bilan 'Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'gi Qonunga va O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta'lim olishga jalb qilishga yo'l qo'ymaslik, shuningdek ushbu qonunchilik talabiga rioya etmaganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.



Shu bilan birga Qonunda ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning o'z bolalarini shaxsiy e'tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqi aniq bayon qilinmoqda. Mazkur norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 18-moddasida belgilangan qoidalar asosida kiritilyapti.' Qonunda mazkur jarayonlarda ota-onaning mas'uliyati va javobgarligi yanada kuchaytirilmoqda. Chunki yosh bola o'zi noqonuniy hujraga borib qolmaydi va aynan mana shu jihat qonunda tartibga solingan. Qonunning qabul qilinishi bolalarning ta'lim olish huquqi kafolatlarini ta'minlashga, ularning komil inson bo'lib yetishishiga, turli og'ir jinoyatlar va diniy ekstremistik g'oyalar qurboniga aylanishining oldini olishga xizmat qilishi senatorlar tomonidan ta'kidlandi. ' Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha