calendar 10 Jul 14:15
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni kaltaklagan erkak “samosud” qilindi

image

Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi.

Bildirilishicha, “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro T.O‘. o‘ziga tegishli olma bog‘ida mevalarni o‘g‘irlayotgan voyaga yetmagan bolalarni  ushlab olgan va ularni chaylasiga olib kelib, o‘g‘rilik qilgani uchun og‘zaki koyib tanbeh bergan. Shundan so‘ng bolalardan birining otasi bog‘ga kelib, T.O‘.ni urib tan jarohati yetkazgan, qo‘l va oyoqlarini arqon bilan bog‘lab “samosud” qilgan. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 8 iyul kuni bog‘ egasi Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shuningdek, bolalarning otasi ham joriy yilning 6 iyul kuni Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, arizasida qishloqdoshi T.O‘. ning olma bog‘idan olma mevalarini o‘g‘irlagan voyaga yetmaganlarni haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazganligini va arqon bilan bog‘lab qo‘yganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

“Mazkur holatga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi IIB matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida narkokurerni “samosud” qilganlar qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 12:08
 
69
0
xs.uz

Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha toʻlov qildirgan masʼullar jazolanadi

Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha toʻlov qilishga majburlayotgani boʻyicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga koʻmak berish orqaligina eri

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

27 Jul 12:52
 
90
0
qalampir.uz

Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi

Toshkent viloyatida bir oilaning barcha  a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga  ma’lum qildi. Qayd etilishicha, kecha, 26 iyul kuni soat 06:19 larda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga yetib borgan

24 Aug 17:26
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh