calendar 11 Jul 15:11
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijondagi noqonuniy mayning-ferma davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazdi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman boʻlimi tumanda 'Mayning ferma' tashkil etgan xonadonni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Departament va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Oʻ.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 'Qoraqalpoq' MFYdagi xonadonida 14 ta toʻplamdagi 'Bitmain' mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent viloyatida 'Mayning ferma' tashkil etgan shaxslar aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
86
0
qalampir.uz

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan. Unda hukumat qarori bi

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko'p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.Prezident Shavkat Mirziyoyev 'Yangi O'zbekiston' bog'iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo'ydi.Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, m

12 Jul 12:47
 
82
0
qalampir.uz

6 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

13−16 iyul kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi. Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin: Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; Surxondaryo&nbs

20 Jul 10:17
 
79
0
qalampir.uz

Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasi Oygul Japarovani kuzatib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 iyul kuni Sadir Japarov “Ko‘ksaroy” qarorgohida tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng, Mirziyoyev va Japarov tor doira