calendar 12 Jul 12:47
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

6 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

image

13−16 iyul kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi.

Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Qayd etilishicha, yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:27
 
103
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh

19 Jul 19:46
 
72
0
xs.uz

Qirgʻiziston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi. Energetika, avtomob

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 10:20
 
41
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.