calendar 26 Jan 23:14
eye 123
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Tashabbusli budjet”ning 2024-yildagi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi

image
2024-yil uchun 'Tashabbusli budjet'ning birinchi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi.

1-20-fevral kunlari loyihalarni kiritish uchun ajratilgan. Loyihalarni saralash 21-fevraldan 11-martga qadar davom etadi. Ovoz berish jarayoni 12'31-mart kunlari oʻtkaziladi.

Qayd qilinishicha, ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 3 trln soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.

2024-yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd. 360 mln soʻm qilib belgilangan.

2023-yilgi 'Tashabbusli budjet'ning birinchi mavsumida qariyb 56 ming tashabbus koʻrsatilgan, 16 milliondan ortiq ovoz berilgan edi. Tashabbuslarning 33 ming 680 tasi tasdiqlandi. Ularga qariyb 2,9 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

2023-yilgi 'Tashabbusli budjet'ning ikkinchi mavsumida qariyb 50 ming tashabbus koʻrsatildi, 18 milliondan ortiq ovoz berildi. Tashabbuslarning 33,5 mingtasi tasdiqlandi. Ularga 1,3 trln.'soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Ilgari surilgan takliflarning 31 foizi ichki yoʻllarni taʼmirlashga oid boʻldi, 30 foizi mahalla hududini obodonlashtirish tadbirlariga qaratildi. Maktablar boʻyicha 14 foiz, bogʻchalar boʻyicha 6 foiz, tibbiyot muassasalari boʻyicha 6 foiz taklif berildi.

Gʻolib boʻlgan loyihalarning aksariyati ichki yoʻllarni (piyodalar yoʻlakchasi, yoʻl oʻtkazgichlar) taʼmirlash bilan bogʻliq boʻldi. Keyin oʻrinda umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish, uchinchi oʻrinda sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari turibdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 11:25
 
26
0
xs.uz

Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

09 Oct 17:33
 
19
0
xs.uz

Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. 'Damas' mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.'Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda b

20 Sep 00:21
 
23
0
xs.uz

Jizzaxda “Lacetti” yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilib, pastlikka tushib ketdi

Jizzax viloyatida 'Lacetti' avtomashinasi yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, pastga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 'Toshkent-Termiz' avtomobil yoʻlining 982 km da sodir boʻlgan.Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida yashovchi 30 yoshli haydovchi 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yoʻqotgani tu