calendar 26 Jan 20:52
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda 24 yoshli yigit voyaga yetmagan qizni olib qochdi

image

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 24 yoshli yigit o‘zining mahalladoshi bo‘lgan 17 yoshli qizni olib qochib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yigitning sovchilari qizning ota-onasidan rad javobini olgan. Shundan so‘ng, 2023 yilning 10 mart kuni yigit o‘quv markazidan chiqib, uyiga qaytayotgan qizni o‘zining Damas rusumli mashinasiga o‘tkazib, Toshkentga olib ketgan.  

Xavotir olib qo‘ng‘iroq qilgan qizning oila a’zolari qo‘ng‘iroqlariga esa "xavotir olmang, yaxshimiz" qabilida javob bergan.

Ertasi kuni viloyatga qaytgani zahoti qo‘lga olingan yigitga nisbatan jinoyat ishi ochilib, ishi sudga oshirilgan.

Sudda esa sudlanuvchi K.P. qiz bilan anchadan buyon bir-birlarini yaxshi ko‘rishi, uni majburlab olib ketmagani, ikkisining birga tushgan ko‘plab fotosuratlari mavjudligini aytib o‘tgan.

Jabrlanuvchi qiz esa sudda yigit unga uzoq vaqt "shilqimlik" qilib yurganini, o‘sha kuni esa  majburlab poytaxtga olib ketganini aytgan. Avvalroq gaplashib turish uchun unga "hadya qilgan" telefon apparatini ham qo‘rqqanidan olganini ta’kidlagan.

Sudda ishtirok etgan guvohning so‘zlariga qaraganda, ular viloyatga birga qaytishgan va qiz yo‘l davomida yaxshi kayfiyatda musiqa tinglab kelgan.

Sud yigitni Jinoyat Kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) moddasi bilan aybli deb topib, unga nisbatan 2 yilga ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko'p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.Prezident Shavkat Mirziyoyev 'Yangi O'zbekiston' bog'iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo'ydi.Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, m

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Bunday fuqarolar ijtimoiy soliqni uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlaydi. Shartlar orasida uy-joyini ozoda tutish ham bor

'Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida'gi Prezident Farmonining qabul qilinishi bilan kambagʻal oilalar reyestri shakllantirilishi belgilandi.Ushbu farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan 'mahalla yettiligi' tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakll