calendar 26 Jan 18:02
eye 128
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oliy Majlis Senati Raisi YTTB prezidenti bilan uchrashdi

image
Oʻtgan yili may oyida Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani, tadbir keng muhokamalar oʻtkazish va jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim maydonga aylangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Taʼkidlash joiz, oʻtgan 6-yil davomida Oʻzbekiston va YTTB oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Bugungi kunda Bankning mamlakatimizdagi loyihalar portfeli 4 milliard yevrodan oshmoqda. YTTB moliyaviy koʻmagida aholi farovonligini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha muhim loyihalar amalga oshirilyapti.

Oʻzbekiston bankning beshta asosiy hamkori qatoridan joy oldi, yillik investitsiyalar hajmi boʻyicha mamlakatimiz YTTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes sherigiga aylandi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan YTTB oʻrtasida amalga oshiriladigan qoʻshma tashabbuslarning yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Xususan, bankning Oʻzbekistonga oid strategiyasi doirasida yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, innovatsiyalarni, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratgan holda ularni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish taklifi bildirildi.

Shuningdek, gender tengligi masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligidan kelib chiqib, YTTB bilan birgalikda qishloq ayollarini kasb-hunarga oʻrgatish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.

O. Reno'Basso YTTBning kuni kecha tasdiqlangan 2024-2029-yillarga moʻljallangan mamlakatimizga oid strategiyasi Oʻzbekiston 2030 strategiyasiga toʻliq mos kelishi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni yashillashtirish, inklyuzivlik va gender tengligi va raqamlashtirish kabi ustuvor yoʻnalishlar aks etganini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum ayollarning mehnat bozorida imkoniyatlarini kengaytirish, bandlik sohasida gender muvozanatiga erishish, kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va moliyaviy mustaqillikni oshirishni taʼminlashni nazarda tutadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:05
 
32
0
xs.uz

Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir - Shavkat Mirziyoyev. Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Oʻzbekiston-Pokiston biznes forumida ishtirok etdilar.Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Pokiston tomonidan 'Al-Rafique Enterprises,' 'Mehran Dates Products', 'Brighto Chemicals', 'Transfopower Industries', 'FWO', 'T.M.C', 'Pakistan Mobile', 'TCS' va boshqa koʻplab kompaniyalar qatnashdi.Davlatimiz rahbari oʻz

28 Feb 01:17
 
21
0
xs.uz

Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi boʻldi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 27-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etgan.Sessiya ishi davomida Abdurahim Abdulhamidovich Umarov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlangan. Tumanga shu vaqtgacha hokimlik qilib kelgan Orif Xudoyberdiyevich Rahmonqul

27 Jan 00:53
 
55
0
xs.uz

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etilmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog' faxriy unvonini ta'sis etish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi.So'nggi yillarda barqaror rivojlanishning yangi talablaridan kelib chiqib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash bo'yicha yangicha yondashuv asosida islohotlar amalga oshirilmoqda.' Ekologik barqarorlikning muhim omili sifatida hududlarni ko'kalamzorlashtirish, daraxtlarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni ken

31 Jan 15:21
 
64
0
xs.uz

Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

Prezidentning 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Ushbu universitet xalqaro standartlarga mos oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish maqsadida faoliyat yuritadi. Universitetning tashkil etilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Universitetning asosiy yoʻnalishlari muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari, sogʻliq