“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etilmoqda

So'nggi yillarda barqaror rivojlanishning yangi talablaridan kelib chiqib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash bo'yicha yangicha yondashuv asosida islohotlar amalga oshirilmoqda.'
Ekologik barqarorlikning muhim omili sifatida hududlarni ko'kalamzorlashtirish, daraxtlarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish va saqlab qolish borasida tizimli choralar ko'rilmoqda.
Orolning qurigan tubini yashil qoplamalar bilan qoplash, shuningdek, sanoat korxonalari va transport vositalari tashlamalarini qisqartirish borasida choralar ko'rilmoqda.
Mazkur tadbirlar nafaqat yurtimiz, balki mintaqada ekologik barqarorlik maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Sohani rivojlantirishning konsepsiyasi va uning yo'nalishlari bo'yicha strategiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ekologik barqarorlikni ta'minlashda davlat va jamoat organlari, keng jamoatchilik vakillari birgalikda sa'y-harakatlarni amalga oshirishmoqda.
Sohada bevosita va bilvosita faoliyat olib borayotganlarni qo'llab-quvvatlash va ularning mehnatlarini munosib rag'batlantirish maqsadida 'O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog' faxriy unvonini ta'sis etish nazarda tutilmoqda.
Mazkur faxriy unvon mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, bioxilmaxillikni saqlash, iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan fuqarolarga beriladi.
Shuningdek, ushbu unvon bilan ekologik jihatdan toza va innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, yashil hududlarni kengaytirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko'rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlar va soha vakillari, ekofaollar ham taqdirlanadi.
'Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko
Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz r
“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig