' Xabaringiz bor, mamlakatimizda keyingi yillarda suv tanqisligi kuzatilayapti, ' deydi institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Shavkat Imomov. ' Oʻz navbatida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining bir qator Farmon va qarorlari asos vazifasini oʻtayapti. Tabiiyki, biz, tadqiqotchi olimlar zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklanmoqda. Shundan kelib chiqqan holda turli darajada shoʻrlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish texnologiyasini yaratish borasida muayyan natijalarga erishdik.
Olimning bu haqda alohida toʻxtalishi bejiz emas. Tuproq tarkibidagi shoʻrni yuvish uchun har yili maydonlar 2-3-marta suvga toʻyintiriladi. Bunda shoʻrni bir marta yuvish uchun gektariga 1500-2000 kub metr suv sarflanadi. Uch yilda mazkur koʻrsatgich 4500-6000 kub metrni tashkil qiladi. Bu juda katta miqdor. Qolaversa, tadqiqotlar shoʻr yuvish jarayonida suv tuproqdagi gumus miqdorining kamayib ketishiga ham olib kelayotganini koʻrsatdi. Bu esa oʻz navbatida tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishning samarali texnika va texnologiyasini ishlab chiqishni talab etadi.
Kichik hajmdagi yerda olib borilgan oʻrganishlardan soʻng tadqiqotlar institutning Kogon tumanida joylashgan ilmiy oʻquv markazidagi bir gektar maydonda oʻtkazildi. Dastavval bu yer oʻrta qumoq mexanik tarkibli tuproq turiga mansubligi, uning oʻrtacha darajada shoʻrlangani aniqlandi. Qolaversa, shu bir gektar maydonning shoʻri qishda yuvilmadi. Olimlar bungacha viloyatdagi koʻp yillik shoʻr yuvishlar natijasida tuproq qatlamida, aniqrogʻi, yer sirtidan 40'60 santimetr chuqurlikda qalinligi 30'50 santimetrli qattiq qatlam hosil boʻlganini ham aniqlashgan edi. Shuni va asosiy ishlov berish chuqurligi 30'40 santimetr ekanligini nazarda tutib tuproq ostida namlovchi quvur oʻrnatish fikriga kelindi. Oʻrnatish chuqurligi 60 santimetr deb belgilandi.
Yer lazerli uskuna vositasida yuqori aniqlikda tekislandi. Dala maydonida eniga parallel tarzda chuqurligini 60, oraligʻini 90 santimetr qilib egiluvchan quvurlar yotqizildi. Sughtml5-dom-document-internal-entity2-39-endorish quvurlarining har 10 santimetrida maxsus namlatish teshiklari ochilib, himoyalovchi mato (sizdirgich) oʻrnatildi. Quvurlar 2-4 gradus nishablikda koʻmildi.
Shu tariqa chigit 90 santimetr qator oraligʻida quvur ustidan ekildi. Bunda maxsus qurilmada tayyorlangan biooʻgʻit va suv beton oʻrada aralashtirib, markaziy quvurga filtrlab uzatildi. Markaziy quvur aralashmani sugʻorish quvurlariga taqsimlab berish vazifasini oʻtadi. Aralashma maxsus teshiklardan suv bosimi natijasida chiqib, tuproq tarkibini namlab bordi. Shuning hisobiga chigit bexato unib chiqdi. Ekin vegetatsiya davrida biooʻgʻit va suv aralashmasi bilan egiluvchan quvurlar orqali toʻrt marta sugʻorildi.
Tajriba biooʻgʻit gʻoʻza ildizining oʻziga toʻgʻridan-toʻgʻri suv bilan aralashtirilib berilganligi tufayli mahalliy va mineral oʻgʻitlarga ehtiyoj yoʻqligini koʻrsatdi. Gʻoʻza ildizi yaxshi rivojlanib, tuproqdagi gumus miqdori ham oshgani kuzatildi. Namlik 15 kungacha saqlandi. Bunda oʻsimlik suvni oʻzi talab qilgan darajada olayotgani aniqlandi.
' Natijada tajriba dalasi turli darajada shoʻrlangan tuprogʻi tarkibidagi tuzlar miqdorining besh barobar kamayishiga erishildi, ' deydi Shavkat Imomov. ' Maydonlar shoʻr yuvish oldidan texnika va ishchi kuchi koʻmagida kichik konturlarga ajratilar va bunga ancha-muncha mablagʻ sarflanardi. Endilikda bunga hojat qolmadi. Qolaversa, bir gektar yerga tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish uchun sarflanadigan 3000 kub metr suv iqtisod qilib qolindi. Sugʻorish va shoʻr yuvishga ishlatiladigan suv resurslari bir mavsumda 40 foizga tejaldi. Biz shu daladagi gʻoʻzani chekanka qildik, xolos.
' Yana bir muhim jihati, ushbu bir gektar yerdan 78 sentnerdan paxta hosili olindi, ' deydi institut tayanch doktoranti Sardor Orziyev bizga namuna sifatida saqlab qoʻyilgan gʻoʻzani koʻrsatar ekan. ' Quvurlarga kelsak, ulardan 120 yilgacha foydalanish imkoniyati mavjud. Hisob-kitoblarga koʻra, ekin hosildorligining keskin oshishi evaziga xarajatlar 2 ' 3 yilda oʻzini oqlab, iqtisodiy samara bera boshlaydi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashlaricha, yurtimizdagi ekin yerlari 'oriq'. Charchagan. Madori yoʻq. Zero, tuproq ham tirik mavjudot. Biooʻgʻitdan oqilona foydalanish unga kuch-quvvat beradi. Gʻoʻzani suyuq biooʻgʻit aralashtirib sugʻorish usuli orqali shu dolzarb muammoga yechim topish mumkin. Bu paxta hosildorligini 50 ' 60 foiz oshirish, daryo suvlarini esa bir mavsum davomida 40 foizgacha tejash imkonini beradi.
Ona ' tabiatning bebaho neʼmati ' biogumus zamiridagi moʻjiza bundan ziyod boʻlishi mumkinmi?!
Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.
Bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston qanday ovoz berdi?
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda 'UN News' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, BMTga aʼzo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini bir yil (12 oy) ichida okkupatsiya qilishini toʻxtatishini talab qilgan. Agar qaror Isroil tomonidan bajarilmasa, aʼzo davlatlar Tel-Avivga sanksiyalar kiritish talabini oʻz ichiga olgan rezolyutsiyaga imzo chekishg
Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi
Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutu
Prezident navqiron avlodning Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi
'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida boʻlib oʻtayotgan Respublika mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda navqiron farzandlarimiz Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidladi.Buning tasdigʻi yaqinda Parijda boʻlib oʻtgan 33-yozgi Olimpiya oʻyinlarida yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi. Azmu shijoatli oʻgʻil-qizlarimiz dunyodagi eng yirik sport anjumanida 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qoʻ
Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etdi
Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etil. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.'2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3