calendar 26 Jan 12:01
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya AQSHga Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini ochiq aytdi – “Bloomberg”

image

Rossiya rasmiylari norasmiy kanallar orqali AQSH rahbariyatiga Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muloqotga, jumladan, Kiyev uchun bo‘lajak xavfsizlik choralarini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Kremlga yaqin o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Moskvadan kelgan “signallar” o‘tgan oy Vashington tomonidan noma’lum vositachi orqali olingan.

“Bloomberg” suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Rossiya katta ehtimollik bilan Ukrainaning neytral maqomi va Kiyevning NATOga qo‘shilmaslik talabidan voz kechish imkoniyatiga yo‘l qo‘yishi mumkin, ammo hozirda Rossiya qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarni tan olishni talab qiladi (Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari).

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qrimning maqomini hech qanday tarzda muhokama qilishga tayyor emas.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi agentlikka Rossiya tomonining bunday “signallari” haqida ma’lumotga ega emasligini aytgan.

“Rossiya pozitsiyasida tasvirlangan o‘zgarishlardan xabardor emasmiz. Rossiya bilan qachon va qanday muzokara olib borishni Ukrainaning o‘zi hal qiladi”, deydi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Edriyenn Uotson  “Bloomberg” bilan suhbatda.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa agentlikka “Rossiya Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq bo‘lgan va shunday bo‘ladi” deya javob bergan. 

“Biroq u o‘z maqsadlariga erishilgunga qadar “harbiy amaliyot”ni davom ettirishga qaror qildi”, deydi Peskov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi

16 Apr 09:12
 
43
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

16 Apr 09:12
 
37
0
xs.uz

“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi

Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac