calendar 25 Jan 19:47
eye 156
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yashirin sexda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

image
Departamentning Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 'Shoʻraxon' OFY hududida yashovchi fuqaroning uyida yashirin sex tashkil qilib, isteʼmolga yaroqsiz 'QARATAW' nomli alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 912 dona qalbaki aksiz marka, 378 dona tayyor mahsulot, 240 litr alkogol mahsuloti, 172 dona markirovka, 45 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'A.' xususiy korxonasi savdo doʻkoni rahbari А.B. 150 dona 'Juravli' nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan yana 375 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
48
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

04 Jun 02:44
 
118
0
xs.uz

Taʼlim tizimidagi korrupsiyani oldini olish masalalari muhokama qilindi

2025-yil 3-iyun kuni Senat Raisi boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad muammolarni tanqid qilish emas, balki ularni birgalikda hal qilishdan iborat.Senatning tegishli qoʻmitalari va idoralar vakillaridan iborat ishchi guru

01 Jun 03:47
 
117
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ